Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Angliya chempionati 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari aniqlandi.

Foto: Twitter/@LCFC

Foto: Twitter/@LCFC

Mavsum davomida “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi 35 o‘yinda 23 ta gol urdi va eng yaxshi to‘purarga aylandi.

“Arsenal” forvardi Pyer-Emerik Obameyang 36 o‘yinda 22 ta golga muallif bo‘ldi. “Sauthempton” hujumchisi Denni Ingz xuddi shuncha golni 38 ta uchrashuvda kiritdi.

Shuningdek, kuchli beshlikdan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling (20 ta gol) va “Liverpul” vakili Muhammad Saloh (19) o‘rin oldi.

33 yoshli Vardi faoliyati mobaynida ilk bor APL to‘purariga aylandi.

Shuningdek, futbolchi APL tarixidagi eng yoshi katta to‘purar bo‘ldi. Unga qadar Didye Drogba 2010-yili 32 yoshida Angliyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Bundan tashqari Vardi Angliya oliy divizionining so‘nggi 72 yildagi eng yoshi ulug‘ to‘purariga aylandi. 1947/48-yilgi mavsumda “Arsenal” hujumchisi Ronni Ruk 32 ta gol bilan Angliya chempionati to‘purari bo‘lgandi.

Jeymi Vardiga APL to‘purarligini taqdim etgan 23 ta golni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj