“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus bir oy muddatga safdan chiqdi, deya xabar qilmoqda ESPN.
Jezus 21-sentabr kuni “Vulverhempton”ga (3:1) qarshi kechgan APL o‘yinida jarohat olgandi.
Hujumchi Braziliya terma jamoasining JCh—2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Boliviya (9-oktabr) va Peruga (13-oktabr) qarshi o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
Jezusning o‘rniga “Herta” forvardi Mateus Kunya terma jamoaga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti”ning yana bir markaziy hujumchisi Serxio Aguero ham jarohat sabab jamoasiga yordam bera olmayapti. Avvalroq futbolchi yana ikki oy maydonga qayta olmasligi mumkinligi aytilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)