“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Metallurg”ga qarshi o‘yindagi durangdan (2:2) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Kurash, xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Shuni aytishim mumkinki, biz maydonda borimizni berdik. G‘alabaga yaqin kelayotgandik. Standartdan gol o‘tkazib yubordik, raqib xatolarimizdan foydalandi. Kurashlarga boy o‘yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman.“Lokomotiv” 17-turdan keyin 22 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “So‘g‘diyona” bilan kuch sinashadi.Biz har doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Biz nafaqat tengma-teng o‘ynash, balki g‘alaba qozona olishimiz mumkinligini isbotladik. To‘g‘ri, uch ochko qo‘lga kirita olmadik. Nazarimda bir ochko ham yomon emas.
Raqibni musobaqa jadvalidagi o‘rnidan ham qanday jamoaligini bilsa bo‘ladi. “Metallurg” yaxshi jamoa, tajribali futbolchilarga ega. Bu o‘yinda yutib ketishimiz mumkin edi.
Azizbek Omonov o‘zini almashtirishni so‘radi, unda jarohat bor edi. G‘ulomovni joyini o‘zgartirib, Qilichevni maydonga tushirdik. O‘lmasaliyevni tushirishdan maqsad o‘yinni kuchaytirish edi. Ko‘rdingiz, bahs kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
Mag‘lubiyatga uchramadik va durang qayd etdik. Albatta, qoniqmagan jihatlarimiz ham bor.
Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi
Mavzuga doir: Andrey Shipilov: “Yana keraksiz golni o‘tkazib yubordik”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)