“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 17-turi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Lokomotiv” bilan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Chunki qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. “Loko” har doim kuchli bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.“Metallurg” 17-turdan keyin 29 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Andijon” bilan o‘ynaydi.“Lokomotiv”da 38-daqiqada qulay vaziyat yuzaga keldi va bundan foydalana oldi.
Negadir, hujumchilarimiz ko‘p vaziyatlarda o‘yindan tashqari holatda qolib ketyapti. Ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va gollar urdik, biroq yana keraksiz golni o‘tkazib yubordik.
Nega 4 daqiqa qo‘shilganini tushunmadim, juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi, shuncha o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ynagani berishlari kerak edi. Hakamlar nimaga bunday qildi va bunga kim javob beradi?
Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi va futbolchilarimizga e’tiroz yo‘q.
Temur Kapadze kelganidan so‘ng “Lokomotiv”da barchasi o‘z joyiga tushdi.
O‘ylashimcha, tig‘iz taqvim — bu fojia emas. Asosiy muammo — tig‘iz taqvim vaqtida o‘n kunlab “pauza”lar kuzatilishi. Bu haqiqiy muammo. Futbolchilar mashg‘ulot qilyaptimi, o‘yinga tushyaptimi, boshqa muammo kuzatilmaydi deb o‘ylayman.
Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)