Dortmundning “Borussiya” klubi “Manchester Siti”ning 16 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jeymi Bayno-Gittens bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dortmundliklar klubi futbolchini erkin agent maqomida qo‘lga kiritgan. U “Borussiya”ning yoshlar jamoasida harakat qiladi.
Bayno-Gittensga Angliyada ingliz futbolining kelajakdagi yorqin o‘yinchisi sifatida qaralmoqda. Yosh iqtidor egasiga PSJ va “Real” jamoalaridan ham qiziqish bo‘lgandi, biroq futbolchi Dortmundga yo‘l olishni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” hozirda “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasida turgan Jeydon Sancho ham “shaharliklar”dan nemis klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Bayno-Gittens uning chizig‘ida to‘p suradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)