O‘zbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi, deya xabar bermoqda qo‘mita axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 21-sentabr kuni imzolangan PQ-4838-son hujjatga ko‘ra, Baxtiyor Xolmatov Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Baxtiyor Xolmatov 1985-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – muhandis. Toshkent davlat texnika universitetini konchilik ishi (ochiq konchilik ishlari) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2010-yildan shu kunga qadar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi
- Ichki ishlar vazirining o‘g‘li Boboxon Bobojonov “Qishloq qurilish bank” boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
- Halilillo To‘raxo‘jayev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori etib tayinlandi
Izoh (0)