“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klub bilan qarama-qarshilikka kirishdi.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, argentinalik futbolchi klub bazasiga koronavirusga test topshirish uchun kelmagan.
Ta’kidlanishicha, futbolchilar soat 08:00 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kelishi kerak bo‘lgan. Biroq Messi belgilangan vaqtda ham undan keyin ham kelmagan.
E’tiborlisi, jamoaning yana bir hujumchisi Luis Suares (ketish uchun asosiy nomzod) bazaga kelgan va testdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Qayd etish joiz, avvalroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman kelasi mavsumdagi rejalarida Suaresning yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Oldinroq Messi “Barselona”ning mavsumoldi mashg‘ulotlarida qatnashmasligi haqida xabar berilgandi. Lionel klub bilan shartnomasini bekor qilingan deb hisoblashni boshlab yuborgani aytilmoqda.
Izoh (0)