Daryo

Lionel Messi “Barselona”ning mavsumoldi mashg‘ulotlarida qatnashmasligini ma’lum qildi

Messi “Barselona” yana faks yuborgan

1 daqiqa o‘qish37 388 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klubga yangi faks yuborgan.

Foto: Twitter

RAC1 xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi ushbu faks orqali klubga mavsumoldi mashg‘ulotlarida qatnashmasligini ma’lum qilgan.

Qayd etish joiz, 30-avgust kuni “Barselona” futbolchilari mashg‘ulotni boshlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Messining esa tibbiy ko‘rikda bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda. Argentinalik futbolchi hamon klubni tark etish fikridan qaytmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining “Barselona”ni tark etmoqchiligi va futbolchi uchun kurashda asosiy da’vogar “Manchester Siti” bo‘lib turgani haqida xabar berilgandi.

Katalon klubi uning narxini 700 million yevro etib belgilagan, Messi esa jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi.

Gollar to‘plami:

Mavzuga doir:
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar