Daryo

Pep Gvardiola Messi bilan uchrashish uchun Barselonaga bordi

Gvardiola argentinalik futbolchi bilan uchrashishga kelishib olgan

1 daqiqa o‘qish62 496 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni damda Barselonada bo‘lib turibdi.

Foto: Twitter

Marca’ning xabar qilishicha, 49 yoshli mutaxassis “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan uchrashish uchun Kataloniya poytaxtiga borgan. Gvardiola argentinalik futbolchi bilan uchrashishga kelishib olgan.

Avvalroq “Manchester Siti” Lionel Messi uchun asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi. Shuningdek Messining o‘zi ham kelajagini “shaharliklar” bilan qurmoqchi.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar