• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston senatorlari Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa barcha o‘zbekistonliklar xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqladi

    O‘zbekiston Senatining 7-avgust kuni ochilgan oltinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazovni xotirladi, deya xabar bermoqda parlament yuqori palatasi axborot xizmati.

    Kadr: YouTube / UzReport

    “U kishining vafoti ayniqsa Senat uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Boisi, Musa Tajetdinovich mamlakatimizda ikki palatali parlament tashkil etilgandan beri Senat raisining o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat yuritib kelayotgan edi. Shu bilan birga, u kishining sa’y-harakatlari bilan o‘tgan davrda Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlari, ovullari qiyofasi yangilandi. Ayniqsa, taraqqiyotimizning yangi davrida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslarni Qoraqalpog‘istonda bekami-ko‘st amalga oshirish borasida ham kuch-g‘ayratini ayamadi. Birgina Mo‘ynoqdagi bunyodkorlik ishlarining o‘ziyoq fikrimizga dalil bo‘la oladi. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, mintaqa aholisining turmush sharoitini yaxshilash borasida ham kuyinchaklik bilan ishladi”, — dedi Norboyeva.

    Senat raisining qayd etishicha, u qator jamoatchilik tuzilmalaridagi hamda hukumat tarkibidagi ko‘p yillik faoliyati davrida, qolaversa, Senatdagi faoliyati davomida Musa Yerniyazovning salohiyatli va ulkan tajribaga ega rahbar, mulohazali, vazmin, jonkuyar, g‘amxo‘r inson sifatidagi fazilatlariga ko‘p bora guvoh bo‘lgan.

    Tanzila Norboyeva va Musa Yerniyazov (arxiv surati).

    Tanzila Norboyeva va Musa Yerniyazov (arxiv surati).
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    “O‘ylaymanki, siz, hurmatli senatorlar va majlisimiz ishtirokchilari ham, qolaversa, Musa og‘a bilan ishlagan va yaqin maslakdosh bo‘lgan barcha insonlar u kishining ana shu fazilatlarini yaxshi eslaydi. Musa Yerniyazovning oila a’zolari va yaqinlariga, Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari va qoraqalpog‘istonlik senatorlarga, qolaversa, butun o‘zbek, qoraqalpoq eliga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiramiz. Musa Tajetdinovich Yerniyazovning yorqin xotirasi Senat tarixida mangu qoladi!”, — deya qo‘shimcha qildi Tanzila Norboyeva.

    Senat axborot xizmatining qayd etishicha, yalpi majlisning rasmiy qismiga o‘tishdan oldin Musa Yerniyazovning va koronavirus infeksiyasidan vafot etgan boshqa o‘zbekistonliklar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlangan.

    Mavzuga doir:

    • Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
    • Qoraqalpog‘iston SSV Musa Yerniyazovning kasalligi qanday kechgani haqida ma’lumot berdi. U bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan
    • O‘zSSV Musa Yerniyazovda koronavirus 24-iyunda tasdiqlanganini ma’lum qildi. Iyul boshida uning kasalligi yashirilgan edi
    • Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi
    • Shavkat Mirziyoyev: “Musa Yerniyazovning qutlug‘ nomi ko‘chalar, xiyobonlarga beriladi”
    Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirgacha 179 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 187 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

    Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu sakkiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    07.08.2020, 12:29   Izoh (0)   19145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zarafshonda taksi va sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi

    07.08.2020, 11:58

    O‘zbekiston bosh prokurorining onasi vafot etdi

    07.08.2020, 11:28

    O‘zbekiston Senatining oltinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi. Unda 16 ta masala ko‘rib chiqiladi

    07.08.2020, 10:59

    Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etildi

    07.08.2020, 10:48

    Qashqadaryo prokuraturasi turmush o‘rtog‘i va farzandlarini yoqib yuborgan erkak voqeasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi

    07.08.2020, 10:16

    Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi

    07.08.2020, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27

    Gollivud yulduzi Mark Ruffalo yana Xalk roliga qaytadi

    Kino | 5 avgust, 12:22

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Habib Nurmagomedov so‘nggi 100 yillikning eng buyuk sportchisi kim ekanini aytdi

    Sport | 5 avgust, 12:16

    Samarqandda 12 mln dollarga yangi avtovokzal ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.