Mazali bu taomga qo‘ziqorinlar yanada xushbo‘y ta’m beradi.
Kerakli mahsulotlar:
- 500 gr qo‘ziqorin
- 2–3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- 1-2 dona boshpiyoz
- 500 gr kartoshka
- ta’bga ko‘ra tuz
- ta’bga ko‘ra mayda qora qalampir
- Qo‘ziqorinlarni yaxshilab yuving va ularni mayda bo‘laklarga bo‘ling;
- Tovada yog‘ni qizdirib, unga to‘g‘ralgan piyozlarni solib, 4-5 daqiqa qovuring;
- Qo‘ziqorinlarni ham solib, yana 15 daqiqa olovda qoldiring;
- Piyoz va qo‘ziqorin ustiga mayda to‘g‘ralgan kartoshkalarni joylashtiring;
- Barchasini aralashtiring va kartoshka yumshoq bo‘lguncha 20 daqiqa davomida pishiring;
- Pishishidan oldin ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.
Izoh (0)