Ushbu ovqat kechki taom uchun yaxshi variant. Xushbo‘y qayla va mazasi og‘izda qoladigan tovuq sevimli taomlaringiz qatoridan o‘rin olishiga shubha yo‘q.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- O‘simlik yog‘i —2 osh qoshiq
- Sariyog‘— 60 gr
- Tovuq filesi — 1 kg
- Qizil qalampir — 2 choy qoshiq
- Zanjabil —2 choy qoshiq
- Tomat pastasi — 350 gr
- Shakar — 1 osh qoshiq
- Qatiq — 60 gr
- Qaymoq — 125 ml
- Limon sharbati — 1 osh qoshiq
- Guruch ta’bga ko‘ra
- Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga tovuqni solib qovurib oling, tovuqni boshqa idishga soling.
- Tovaga sariyog‘ soling va yuqoridagi barcha ziravorlarni qo‘shib qovurib oling.
- Tovuqni tovaga soling.
- Tomat, shakar qo‘shib aralashtiring.
- Qopqoq ustini yopib 15 daqiqa dimlang.
- Qatiq, qaymoq, limon sharbati qo‘shing.
- Guruchni pishirib oling.
- Tovuqli tovaga qo‘shib aralashtiring.
Izoh (0)