Daryo

Lavashdan kartoshka va pishloqli yegulik retsepti

Tayyor taomni sous bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi

1 daqiqa o‘qish36 640 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lavashning qovurilib kisir-kisir pishgan xamiri va ichidagi sarimsoq qo‘shib tayyorlangan “nachinka” ta’mi og‘zingizda qolishi aniq.

Foto: Lifehacker
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Kartoshka — 500 gr
  • Pishloq — 100 gr
  • Ko‘katlar ta’bga ko‘ra
  • Sarimsoq piyoz — 1 dona
  • Lavash xamiri — 200 gr
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
  • O‘simlik yog‘i
Tayyorlanish jarayoni:
  • Kartoshkadan pyure tayyorlab oling.
  • Pyurega qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, shivit qo‘shing.
  • Maydalangan sarimsoq, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  • Lavash xamirini 17x10 o‘lchamda, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda kesib oling.
  • “Nachinka”ni xamir ichiga uzunasiga solib naycha shaklida o‘rang.
  • Qizigan o‘simlik yog‘iga solib, qizg‘ish tusga kirgunicha qovuring.
  • Tayyor taomni sous bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar