“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne sheriklari uchun golli vaziyat yaratish borasida Premyer Liga rekordini o‘rnatdi.
2019/20-yilgi mavsumda de Bryuyne 104 ta golga tortadigan vaziyat yaratdi va bu borada “Chelsi” sobiq futbolchisi Eden Azarning 2014/15-yilgi mavsumda o‘rnatgan rekordini (98) yangiladi.
Shuningdek, Azarning APLdagi yana bir rekordni yangilandi. “Vulverhempton” hujumchisi Adama Traore driblinglar soni bo‘yicha Premyer Liga rekordini o‘rnatdi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi 246 marta raqiblarini aldashga uringan, ularning 183 tasi (74,4%) muvaffaqiyatli chiqqan. O‘rtacha hisobda Adama har 14,2 daqiqada raqib futbolchilarini aldab o‘tgan.
Avvalgi rekord 2014/15-yilgi mavsumda 180 ta muvaffaqiyatli dribling ishlatgan Edenga tegishli edi.
Mavzuga doir: 33 yoshli Jeymi Vardi APL 2019/20-yilgi mavsumi to‘purariga aylandi va liga tarixiga kirdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)