“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.
“AQSh hukumati Ukrainaga 16 dona Mark VI rusumidagi harbiy patrul qayiqlarini berishini tasdiqladi. Qayiqlarning bir qismini Ukraina hukumati yordam dasturi asosida olsa, ikkinchi qismini maxsus dastur asosida sotib oladi. Mark VI qayiqlari Ukraina qurolli kuchlariga Qora va Azov dengizlaridagi xavfsizlikni mustahkamlashi aytilmoqda”, – Ukrainaning AQShdagi elchixonasi.
US approved the sale of 16 Mark VI patrol boats for Ukrainian Navy.
— UKR Embassy in USA (@UKRintheUSA) July 18, 2020
Some of them will be delivered using the US security assistance &remaining boats will be purchased by Ukraine.
Mark VI boats strengthen Ukraine’s defense capabilities &security in the Black Sea &the Sea of Azov pic.twitter.com/0WHZwpoWlV
“Elita jinoyatchiligi va huquqiy nigilizmi qonunlar bilan mustahkamlangan davlatda oddiy xalq bilan elita o‘rtasida yo‘qolmas jarlik bo‘ladi. Jarni u tomonida hamisha to‘qchilik, bu tomonida esa aksi. Amaldorlar uchun nafaqat kasalligida, balki o‘lganida ham boshqacha sharoit bo‘ladi”, – Xurshid Daliyev, jurnalist.
Элита жиноятчилиги ва ҳуқуқий нигилизми қонунлар билан мустаҳкамланган давлатда оддий халқ билан элита ўртасида йўқолмас жарлик бўлади.
— XDA (@XDaliyev) July 18, 2020
Жарни у томонида ҳамиша тўқчилик, бу томонида эса акси.
Амалдордар учун нафақат касаллигида, балки ўлганида ҳам бошқача шароит бўлади.
“Davlat degan so‘zning bosh-oyog‘i yo‘q. Davlat – bu hammamiz, davlat – bu hech kim. Erkin Vohidov”, – Hayrullo Hamidov, sport sharhlovchisi.
Давлат деган сўзнинг бош-оёғи йўқ,
— Xayrulla Hamidov (@X_Hamidov) July 18, 2020
Давлат — бу ҳаммамиз, давлат — бу ҳеч ким.
(с) Э. Воҳидов
“Bugungi osh antiqa bo‘ladi. Men oshni o‘zim ekkan sariq sabzi va O‘zbekistondan olib kelingan guruchning Farg‘ona vodiysida o‘stiriladigan eng yaxshi guruch sifatida e’tirof etiladigan devziradan tayyorlayapman. #UzbekFood”, – Robert Person, Vest-Point harbiy akademiyasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha professori.
Today’s #plov will be extra special, as I’m making it with Uzbek yellow carrots that I grew from seed. I’m also using imported dev zira rice, a variety grown in the Fergana Valley and considered one of the best varieties for plov! 🇺🇿#UzbekFood #PoliSciCooks pic.twitter.com/G0M00uv7cv
— Rob Person 🇺🇸🇺🇦 (@RTPerson3) July 18, 2020
“Jo Baydenni burnidan qarmoq o‘tkazib olgan so‘l demokratlar partiyasi, bilganimizdek, mamlakatni xonavayron qiladi. Amerikaga nima bo‘lishini tasavvur qilish ham mushkul. 50 kunlik anarxiya mobaynida Portlandda nimalar sodir bo‘lganini ijtimoiy so‘rovlar ham ko‘rsatmoqda. Biz yordam yubordik. Nyu-York, Filadelfiya, Chikagodagi voqealarni kuzating. Bunday bo‘lishi mumkin emas”, – Donald Tramp, AQSh prezidenti.
The Radical Left Democrats, who totally control Biden, will destroy our Country as we know it. Unimaginably bad things would happen to America. Look at Portland, where the pols are just fine with 50 days of anarchy. We sent in help. Look at New York, Chicago, Philadelphia. NO!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 19, 2020
“Kashf qilinmagan O‘zbekistonni kashf eting. Zamonaviy Termiz sharidan 32 kilometr masofada Kampirtepa deb atalgan joyda Oksdagi Aleksandriya shahri xarobalari topildi. Arxeolog olimlar Aleksandr Makedonskiy qurdirgan shahar 2 ming yil oldin qanday ko‘rinishda bo‘lganini kompyuter grafikasida tiklashga erishdi”, – Javlon Vahobov, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi.
https://twitter.com/JavlonVakhabov/status/1285053252464189441
“Davlatdan yordam kutish befoyda. Bir-birimizga oziq-ovqat , dori-darmonlar bilan yordam berish uchun t.me/yaqinlar_uzbot yaratdik. Atrofingizdagi yordamga muhtojlarni ko‘rishingiz yoki atrofdagilaringizdan yordam so‘rashingiz mumkin”, – Umid Gafurov, “Troll.uz” muallifi.
Давлатдан ёрдам кутиш бефойда. Бир-биримизга озиқ-овқат/дори-дармонлар билан ёрдам бериш учун https://t.co/WmxoM36FQU яратдик. Атрофингиздаги ёрдамга муҳтожларни кўришингиз ёки атрофдагиларингиздан ёрдам сўрашингиз мумкин. pic.twitter.com/EOVvBRCin2
— Умид Гафуров (@umidgafurov) July 18, 2020
“O‘z nomim, hukumat va Nigeriya xalqi nomidan Saudiya Arabistoni qiroli, ikki muqaddas masjid posboni Salmon ibn Abdulazizning tezda sog‘ayib, oyoqqa turib ketishi uchun duo qilaman. Qirol men umrimda hamkorlik qilgan dunyo yetakchilarining eng ajoyiblaridan biridir”, – Muhammadu Buxoriy, Nigeriya prezidenti.
On behalf of myself, the government and people of Nigeria, I pray for speedy and full recovery of the Saudi King, and Custodian of the two Holy Mosques, King Salman Bin Abdulaziz, one of the finest leaders I have ever met in the course of my interactions with world leaders.
— Muhammadu Buhari (@MBuhari) July 20, 2020
“AQSh davlat departamenti Ramzan Qodirovga nisbatan inson huquqlari buzgani, qiynoqlar va insonlarni o‘g‘irlagani uchun sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu qonun buzilishlari uchun javobgarlikni ta’minlash uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solamiz”, – MaykPompeo, AQSh davlat kotibi.
The @StateDept publicly designates Russian national Ramzan Kadyrov for gross human rights violations, including torture, extrajudicial killings, and enforced disappearances. We will not hesitate to use all the tools at our disposal to ensure accountability for these violations.
— Secretary Pompeo (@SecPompeo) July 20, 2020
“Buyuk Britaniya Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya bilan kelajakdagi aloqalar borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu muhim hamkorlar bilan savdo hajmi 66 milliard funt sterlingni tashkil qiladi. Hamkorlikni mustahkamlash uchun esa biz astoydilmiz”, – Dominik Raab, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri.
We’ve started formal negotiations on our future relationships with Iceland, Liechtenstein, Norway and Switzerland.
— Dominic Raab (@DominicRaab) July 20, 2020
Trade with these important partners is worth £66bn and we’re committed to build on the progress in talks to strengthen these partnerships
“Hozir dunyo yetakchilari muhim qaror qiladigan payt: xaos, bo‘linish va tengsizlik botqog‘iga botib ketamizmi? Yoki o‘tmishdagi xatolarni tuzatib, barcha uchun yaxshi bo‘lgan kelajak uchun birlashib harakat qilamizmi? Biz burilish nuqtasidamiz. Qaysi tarafda bo‘lishimizni yaxshi bilamiz”, – Antoniu Guterrish, BMT bosh kotibi.
Now is the time for global leaders to decide:
— António Guterres (@antonioguterres) July 21, 2020
Will we succumb to chaos, division & inequality?
Or will we right the wrongs of the past & move forward together, for the good of all?
We are at breaking point. But we know which side of history we are on.https://t.co/U9gxAbDU0t pic.twitter.com/oP2Pg1xMM5
“Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan mahsuldor suhbat qurdik. Biz Iroq Kurdistonidagi ayni paytdagi siyosiy vaziyatni muhokama qilishdan tashqari, jahon sog‘liqni saqlash tizimida yuz berayotgan inqirozni barcha uchun ijobiy yakunlanishi borasida ham fikr almashdik”, – Mas’ud Barzoniy, Iroq Kurdistoni prezidenti.
https://twitter.com/masoud_barzani/status/1284944252959588352
“Bugun abadiy Putin va ‘Yedinaya Rossiya’ni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar mutlaqo ozchilikni tashkil qiladi. Shundan hukumat jahlga mingan va qatag‘onlarni kuchaytirmoqda. Aqlli saylov esa bizning javobimiz bo‘lishi kerak. Aqlli saylov 2019-yilda yaxshi natija berdi. Umid qilamanki, 13-sentabrdagi saylovda ham foyda keltiradi”, – Maksim Reznik, qonunchilik majlisi deputati.
Людей, которые искренне поддерживают вечного Путина и «Единую Россию» сегодня, — абсолютное меньшинство. Поэтому власть бесится, усиливая репрессии. Нашим ответом на это должно быть УМГ. Оно хорошо сработало в 2019 и, надеюсь, поможет разнести единороссов на выборах 13 сентября. pic.twitter.com/O0OXT0dZop
— Максим Резник (@maxim_reznik) July 21, 2020
“Gruziyaning faxri va quvonchi Borjomi mineral suvi bu yil 130 yillik tavalludini nishonlaydi”, – Maks Fas, tadqiqotchi.
Georgia's pride and joy, Borjomi (bottled) mineral water, celebrates its 130th anniversary this year pic.twitter.com/jSz4TfXuo3
— Max Fras (@maxfras) July 20, 2020
“Yevropa Ittifoqi eng og‘ir iqtisodiy inqirozli paytda qat’iy va birdamlik bilan harakat qila olishini namoyon qildi. Bu esa yevropaliklarga mashaqqatli inqirozdan o‘tib olish imkonini beradi”, – Xayko Maas, Germaniya tashqi ishlar vaziri.
https://twitter.com/HeikoMaas/status/1285462151382040576
Jahongir Ergashev tayyorladi.
Izoh (0)