• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Shukrulloning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    O‘zbek adabiyoti va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli adib va dramaturg Shukrullo Yusupov shu yil 19-iyul kuni 99 yoshida vafot etdi.

    Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentabr kuni Toshkent shahrida tug‘ildi. 1944-yili Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)ni o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.

    Mehnat faoliyatini Toshkent shahridagi 1-o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshlab, keyinchalik O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) aspiranti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti muharriri kabi vazifalarda samarali faoliyat ko‘rsatdi.

    Shukrullo Yusupov ulkan ijod va hayot yo‘lini bosib o‘tgan hassos shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘zining sermazmun asarlari bilan adabiyot va san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Qariyb sakson yillik ijodiy faoliyati davomida yaratilgan ‘Hayot ilhomlari’, ‘Umrim boricha’, ‘Inson va yaxshilik’, ‘Zarralar’, ‘Inson — inson uchun’, ‘Suyanchiq’, ‘Yashagim keladi’, ‘Sening baxting’, ‘Bahor sovg‘asi’, ‘Yulduzlar’ kabi she’riy to‘plamlari, ‘Chollar’, ‘Ikki qoya’, ‘26-tongotar’ dostonlari, ‘Javohirlar sandig‘i’ nasriy kitobi adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi.

    Bu asarlarda xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari yuksak mahorat bilan tarannum etilgan.

    Atoqli shoirning ko‘plab barkamol, badiiy yetuk asarlari qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, rus, turk, arab kabi o‘nlab tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.

    Serqirra adib dramaturgiya janrida ham samarali ijod qildi. Uning qalamiga mansub ‘Tabassum o‘g‘rilari’, ‘Xatarli yo‘l’, ‘O‘g‘rini qaroqchi urdi’, ‘Hasrat bog‘i’ kabi dramalar respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning teatrlarida katta muvaffaqiyat bilan sahnalashtirildi.

    Shukrullo K.Gotssi, Sh.Petefi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa bir qator xorijiy shoir va dramaturglarning asarlarini ona tilimizga tarjima qilib, turli xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni kuchaytirishga katta hissa qo‘shdi.

    Adib o‘tgan asrning elliginchi yillari boshida bir guruh ziyolilarimiz qatorida siyosiy qatag‘onga uchradi. Keyinchalik nomi va ijodi to‘la oqlanib, adabiyotimiz rivoji yo‘lida faol ijod qildi. Yozuvchi ‘Kafansiz ko‘milganlar’ romanida ana shu davrda xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinov va adolatsizliklarni hayotiy misollar asosida haqqoniy tasvirladi.

    Shukrullo Yusupov O‘zbekiston mustaqilligini katta quvonch bilan kutib oldi. Bu davrda samarali ijod qilish bilan bir qatorda, ijtimoiy hayotimizda ham faol ishtirok etib, mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qildi. Istiqlol yillarida nashr etilgan ‘Qasosli dunyo’ badiiy-publitsistik to‘plami va ‘Tirik ruhlar’ deb nomlangan xotira-romanida rostgo‘ylik va odamiylik singari yuksak insoniy tuyg‘ular mahorat bilan tasvirlangan. Mazkur asarlar adabiyotimizda muhim adabiy voqea sifatida e’tirof etildi.

    Ulkan hayotiy tajribaga ega ijodkor o‘zining mehnatkashligi va samimiyligi, yoshlarga g‘amxo‘rligi bilan mamlakatimiz adabiy jamoatchiligi o‘rtasida katta obro‘-e’tibor qozondi.

    Shukrulloning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvonlari, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti, ‘Do‘stlik’, ‘El-yurt hurmati’ va ‘Mehnat shuhrati’ ordenlari bilan mukofotlangan edi.

    Atoqli ijodkor, mehribon ustoz, zahmatkash va kamtarin inson Shukrullo Yusupovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, S. Saidov, Yo.Ahmedov

    20.07.2020, 22:07   Izoh (0)   24021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaliqda iyulda koronavirusga chalingan ikki ayol vafot etgan. Bu o‘lim holatlari SSV statistikasida (hozircha) yo‘q

    20.07.2020, 21:54

    “Moddiy tomondan yordam bera olmasak ham, ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”. Erkinjon Turdimov shifokorlarni asrashga chaqirdi

    20.07.2020, 21:19

    Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi

    20.07.2020, 21:06

    “Koronavirusga chalinganlarning barchasini davolash imkoniyati bor, desak, katta xato bo‘ladi” — Nurmat Otabekov

    20.07.2020, 20:42

    Rossiyaning Amur viloyatida o‘zbekistonlik quruvchilar ishtirokida yuz bergan tartibsizlikning faol qatnashchilari hibsga olindi

    20.07.2020, 20:18

    Toshkentdagi Haydar Aliyev ko‘chasida avtomobil harakatining qisman cheklanishi 4 kunga uzaytirildi

    20.07.2020, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.