• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sirdaryoda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan sudya tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagani ma’lum bo‘ldi (video)

    Sirdaryo viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida sudya IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha munosabat bildirdi va holat aks etgan videoni taqdim etdi.

    Vazilik tomonidan ma’lum qilinishicha, Guliston shahri “Ulug‘ yo‘l” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 117-kilometrida “Toshkent” karantin blokposti tashkil qilingan. Guliston shahriga avtomobilda kirish mazkur yo‘lning ikkita harakat qatori orqali tashkil qilingan. Mazkur yo‘l xalqaro ahamiyatga ega ekanligi hisobga olinib, uning uchinchi qatori kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlar mashinalarining to‘xtamasdan harakatlanishi uchun ochib qo‘yilgan.

    Ta’kidlanishicha, 13-iyul kuni soat 09:30 da davlat raqami 01 X 172 DA bo‘lgan oq rangli Nexia-1 haydovchisi “Toshkent” karantin blokposti orqali o‘tish mo‘ljallangan ikkita harakatlanish bo‘lagi orqali harakatlanmasdan, uchinchi harakatlanish bo‘lagi orqali Guliston shahriga kirmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, avtomobil haydovchisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudi sudyasi A.Ergashev bo‘lgan.

    Nexia’ning mazkur qatordan harakatlanishi shu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib kelayotgan tez yordam avtomashinalarining yo‘lini to‘sib qo‘ygan.

    Orqa tomondan tovushli signal va mayoqlarini yoqib harakatlanib kelayotgan tez yordam avtomashinasida og‘ir kasal kelayotganligi bois shu yerda xizmat o‘tayotgan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlariga aloqa vositasi orqali xabar kelib tushgan.

    “Shu sababli xodimlar zudlik bilan tez yordam avtomashinasini to‘siqsiz o‘tkazib yuborish uchun mazkur haydovchiga avtomashinani to‘g‘riga harakatlantirish ishorasini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, haydovchi o‘zini tanishtirmasdan, xodimlarning talablarini bajarmasdan, avtomashinasini yo‘lning qatnov qismida to‘xtatib, tez yordam avtomashinalarining to‘siqsiz harakatlanishiga xalaqit qilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    Shundan so‘ng mazkur blokpostda xizmatga jalb etilgan va holatni kuzatib turgan Sirdaryo viloyati IIB xodimlari uning yoniga borib, YHXB xodimi bilan birga haydovchiga orqasidan harakatlanib kelayotgan tez yordam avtomashinasining yo‘lini to‘sib qo‘yganligini tushuntirgan, biroq haydovchi avtomashinasini joyidan qo‘zg‘atmasligini aytib, xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

    Xodimlar mazkur haydovchi boshqaruvidagi avtomashina orqasida turgan tez yordam avtomashinasining to‘siqsiz harakatini ta’minlash va tirbandlikni bartaraf etish maqsadida Nexia-1 avtomashinasi haydovchisini avtomashinadan tushirib, avtomashina yo‘ldan olingan. Qayd etilishicha, muammo bartaraf etilganidan so‘ng haydovchi o‘zini tanishtirgan. Shundan so‘ng haydovchiga ketishga ruxsat berilgan. Haydovchi va ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasidagi muloqot xodimlarning bodikameralarida to‘liq aks ettirilgan.

    “Tasvirlarda ko‘rganingizdek, haydovchi bilan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida bo‘lgan muloqot jarayonida kuch ishlatish yoki qo‘pollik qilinmagan”, — deyiladi vazirlik tomonidan taqdim etilgan videoda.

    Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilgan. Shuningdek, avtotransport harakati ham cheklangan. Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular orasida sud organlari xizmat avtotransport vositalari ham kiritilgan.

    “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 70-moddasiga ko‘ra, sudyalarning shaxsi daxlsiz. Sudya daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.

    Avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanida sud xodimi va uning haydovchisiga militsiya xodimlari tomonidan jarohat yetkazilgani xabar berilgan edi. Ushbu holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olingan.

    15.07.2020, 19:43   Izoh (0)   72370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jarqo‘rg‘onda sud xodimlari obro‘sizlantirilgani ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    15.07.2020, 19:07

    O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston chegarasida yuz bergan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi

    15.07.2020, 18:42

    Piskentlik 37 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 69 kishiga yetdi

    15.07.2020, 18:10

    O‘zbekistonda yana 173 kishida koronavirus qayd etilib, jami kasallanganlar soni 14 466 nafarga yetdi

    15.07.2020, 18:02

    Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi

    15.07.2020, 17:54

    “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    15.07.2020, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.