• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uni qanday g‘oyalar gulxanga olib keldi? Inkvizitsiya qurboni Yan Gus haqida

    Inkvizitsiya gulxanlari Yevropaning eng sokin davlatlaridan biri bo‘lgan Chexiyani ham chetlab o‘tmagan. O‘rta asrlarda Rim cherkovidan noroziligini ochiqchasiga bildirishga jur’at etgan har qanday odam to‘satdan bid’atchiga aylanib, olovda tiriklayin yondirilishi mumkin edi. “Daryo” Chexiyada taniqli bo‘lgan islohotchining ana shunday voqelik qurboni bo‘lgani haqida hikoya qiladi.

    Yan Gus.

    Yan Gus.
    Foto: Wikipedia

    1415-yil 6-iyul kuni Germaniyaning Konstants shahrining asosiy maydonida ulkan gulxan yonardi. Maydonga “bid’atchi” Yan Gusning qayg‘usini ko‘rishni istagan olomon sig‘may ketgandi. O‘sha paytda ularning miyasida qanday fikrlar o‘tgan? Ular butun Chexiyada taniqli bo‘lgan islohotchiga hamdard bo‘lishganmi yoki uni la’natlashganmi?

    Gulxanda yoqilayotgan inson olovga bir dasta o‘tin olib kelib tashlagan taqvodor kampirga qarab: “Oh! Muqaddas soddalik!”, — deya jilmayganida kampirning xayolidan nimalar o‘tgan? Kimdirlar g‘azablandi. Kimdirlar xursand bo‘ldi: “Yana bir bid’atchi qilmishiga yarasha jazolanadi!”. Yan Gus qanday xatti-harakatlari uchun o‘ziga nisbatan bunday qarama-qarshi munosabatga loyiq edi? Uni qanday g‘oyalar gulxanga olib keldi? Nega ular Yan Gusni yoqdi?

    Dehqon bolasidan nufuzli universitetda rektorlikkacha

    Afsuski, tarix Yan Gus qachon tug‘ilganini aniq bilmaydi. U, taxminan, 1369 va 1371-yillar orasida tug‘ilgan deb hisoblanadi. Uning ota-onasi oddiy dehqonlar edi. Biroz ulg‘aygach, yosh Yan Pragaga ketadi, poytaxt uni ilm bilan o‘ziga jalb qilardi. U mashhur Praga universitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ochlik va nochor hayot uning o‘qib o‘rganishiga, mukammal bilim olishiga to‘sqinlik qila olmadi.

    Ko‘p o‘tmay universitetning quyi ta’limini imtiyozli diplom bilan tugatgan Yan Gus Praga universitetining erkin san’at fakultetining tinglovchisiga aylanadi. 1393-yilda u ilohiyot bakalavriga, yana bir necha yil o‘tgach, 1396-yilda u erkin san’at bo‘yicha magistr unvonini oldi. Universitetda ishlashga qolgan qahramonimiz keyinchalik dekan lavozimiga va hatto rektor lavozimigacha ko‘tariladi.

    Qanday qilib kambag‘al dehqon oilasidan bo‘lgan oddiy inson Yevropadagi eng taniqli va obro‘li universitetlardan birini boshqargan? Bu savolga javob, birinchi navbatda, Yan Gusning haqiqatparvar va qat’iyligidadir. Agar maqsad allaqachon belgilab olingan bo‘lsa, har qanday holatda ham unga intilish kerak!

    Foto: Getty Images

    Buyuk islohotchi

    Yan Gus o‘zining rektorlik vazifalariga parallel ravishda Vifleyem cherkovida va’zxonlik qilgan. Aynan o‘sha paytda (1409—1410-yillar) u hatto Chexiyada nomini tilga olish taqiqlangan taniqli ingliz islohotchisi Jon Uitklifning kitoblari bilan tanishgan. Uning qarashlari Yan Gusga katta ta’sir qilgan. Doim kamida uch ming kishi qatnashgan va’zlarida u ochiqchasiga ruhoniylarning axloqini qoralagan va ularni axloqsizlar deb atagan.

    “Imonning yagona manbasi, — deydi Yan Gus, — bu faqat Muqaddas kitobdir”. U cherkovdagi martabalarni sotish, cherkov tomonidan qilinadigan marosimlar uchun xalqdan yig‘imlar qilish Muqaddas kitoblarga zid ekanini aytib kelgan. Yan Gus o‘sha davr uchun eng qo‘rqinchli bo‘lgan fikrni ham ochiqchasiga ayta olgan: “Cherkov va ruhoniylar bir go‘r, Xudo va imon esa umuman boshqa narsa”.

    Yan Gus odamlarni ishontira olardi, aqlli va alangali nutqlar qilardi. Odamlar esa uni qiziqish bilan tinglardi.“Cherkovga ko‘r-ko‘rona itoat etishning hojati yo‘q. Muqaddas kitoblarni o‘qigan holda o‘zingiz fikr qiling. Agar ko‘r ko‘rni yetaklasa, ikkalasi ham chuqurga tushib ketadi”, “Mulk adolatlilarda bo‘lishi kerak. Adolatsiz boyigan odam o‘g‘ridir”.

    Surgun

    Birinchi bo‘lib Praga arxiyepiskopi Yan Gusning o‘zgacha fikrlariga qarshi chiqib, uning pozitsiyasi va g‘oyalarini keskin qoraladi. 1410-yilda Yan Gusning va’zgo‘ylik faoliyatiga cherkovning qat’iy taqiqi qo‘yildi. Keyin u arxiyepiskop oldiga tergovga chaqirildi. Uni qattiq so‘roq va tergov kutardi. Ammo hech narsa sodir bo‘lmadi. Hozircha Yan Gusni himoya qilishda oddiy odamlar, ko‘plab zodagon odamlar, u boshqargan universitetning o‘qituvchilari va talabalari, hatto Bogemiyaning qirollik oilasi ham “adashgan” Gusni himoya qildi. Rim Papasining qarorgohi bo‘lgan Vatikanga Yan Gusning va’zxonlik qilishiga ijozat berilishi so‘ralgan minglab xatlar keldi.

    Foto: Getty Images

    Ammo Papa va Vatikan qat’iy edi! Papa maxsus farmoni bilan Yan Gusni cherkovdan chetlatdi va uni cherkov qonunlarini buzgan bid’atchi deb e’lon qildi. “Yan Gusni boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan har qanday shahar jazolanadi, cherkov xizmatlarini bajarish taqiqlanadi”, — deyiladi Papa farmonida. Yan Gus Pragani tark etishga majbur bo‘ldi.

    Sud

    Ikki yil davomida u Chexiyaning g‘arbiy va janubiy viloyatlarini kezishga majbur bo‘ldi. Ammo u hatto o‘z sayohatlari davomida ham cherkovni isloh qilish zarurligi haqidagi fikrlarini qoldirmadi. Uydan uzoqda sargardonlikda yurgan Yan Gus o‘zining “Cherkov haqida” deb nomlangan mashhur risolasini yozgan va unda o‘z fikrlarining asosiy mohiyatini bayon qilgan.

    Qisqasi, bu asarda quyidagi postulatlar keltirilgan: rasmiy cherkovning qoidalari va tashkiliy tuzilishi noto‘g‘ri. Ularni tubdan o‘zgartirish kerak. Papaning ta’siri va uning cherkov iyerarxiyasida tutgan pozitsiyasi, ayniqsa, ko‘p tanqid qilingan. Yan Gus pulga gunohdan kechuvchi indulgensiya sotish, cherkov va ruhoniylarning boylik to‘plash istagi haqida juda salbiy fikrda edi. Ushbu risola cherkov hokimiyatining sabr kosasini to‘ldirdi. 1414-yilda “bid’atchi va murtad” Yan Gus Germaniyaning Konstants nomli shaharchasiga, Cherkov kengashiga chaqirildi.

    Isyonkor voizni Konstantsga olib borishganida u cherkov sudiga tortildi. Yan Gusga bid’atchi va “xudoga xush kelmaydigan” qarashlaridan voz kechish uchun so‘nggi imkoniyat berildi. Ammo barcha ayblovlarni eshitgan Yan bunga javoban: “Men hech qachon gapirmagan gaplardan voz kechish vijdonimga zid” — dedi.

    Ko‘p sonli so‘roqlarda Yan Gus jim edi, o‘zini oqlashga urinmadi. U o‘z e’tiqodlariga chin dildan ishondi va odamlar uning o‘lim jazosidan qo‘rqib o‘z qarashlaridan voz kechgani uchun unga ishonishni to‘xtatishlarini xohlamadi.

    Foto: Getty Images

    Qatl

    Sud o‘lim haqidagi hukmni chiqarganidan keyin ham arxiyepiskoplar va qirol Sigizmundning shaxsan o‘zi bir necha bor uning kamerasiga kelib, undan o‘z qarashlaridan voz kechishni so‘radi. Ammo Yan Gus egilmas va qat’iyatli edi.

    Shunday qilib, 1415-yil 6-iyul kuni Konstatsning asosiy maydonida ustunlarga bog‘lab qo‘yilgan Yan Gusni alanga o‘z domiga torta boshladi. Bu orada Yan Gusning jonsiz tanasi olovda jizg‘anak bo‘lib yotgan paytda uning hayotidagi eng asosiy ishi — chex tiliga tarjima qilingan Injil ham olovga tashlandi.

    Nega ular Yan Gusga qo‘shib Injilni ham yoqdi? Axir, bu muqaddas kitob-ku. Ammo bu kitob Rim cherkovi uchun uning muallifi kabi xavfli edi. Chexiya cherkovlarida ilohiy xizmatlarning ona tilida o‘tkazilishi Papa va Cherkov uchun mutlaqo zararli va qabul qilib bo‘lmaydigan ish edi. Ular til va so‘z o‘zlariga qarshi qurol ekanini tushunardi. Gap shundaki, oddiy odamlar Injilni ona tilida tushunib o‘qiganlaridan keyin ular Papaning farmon va farmoyishlari Xudoning ahdlaridan naqadar uzoqligini anglashlari mumkin edi.

    Xotira

    Chex xalqi Yan Gusning xotirasini asrlar davomida saqlab qoldi. 1999-yilda, Yan Gus qatl etilganidan besh asr o‘tgach Vatikanda xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda Papa Ioann Pavel II Cherkovning Yan Gusga qarshi asossiz ayblovlarini ochiqchasiga tan oldi. Papa, shuningdek, cherkov nomidan uning qatl etilganidan afsusda ekanini bildirdi.

    Birinchi chex islohotchisining kullari Reyn daryosi suvlariga sochib yuborilgan. Ammo uning g‘oyalari u bilan birga o‘lmadi. Yan Gusning qatl etilishi haqidagi xabar bir necha kun ichida Chexiya bo‘ylab tarqaldi. Jahl va g‘azab to‘lqini sokin chex qishloqlari va shaharlarini uyg‘otdi. Cherkov kengashiga protest yuborildi, uni besh yuzdan ortiq boy va zodagon chex oilalari imzoladi. Oddiy dehqonlar va shaharlik kambag‘allar qurolli guruhlarga to‘planib, o‘rmonlarga keta boshladi. Yan Gus Chexiya tarixidagi yangi davr — Guschi urushlari davri boshlanishining asosiy sababchisi edi. Bu urushlar juda qonli va shavqatsiz kechdi. Ammo bu endi boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    06.07.2020, 22:54   Izoh (0)   79827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikistonda koronavirus tarqatganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilindi

    06.07.2020, 22:09

    Avstraliyada koronavirus tufayli yuz yilda birinchi marta shtatlararo chegara yopildi

    06.07.2020, 21:21

    Moskvada 33 daraja issiq tufayli ob-havo xavfining “olovrang” darajasi e’lon qilindi

    06.07.2020, 19:18

    Olmaotada pnevmoniya epidemiyasi e’lon qilindi

    06.07.2020, 19:05

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 4 kishiga, Janubiy Koreyada esa 48 kishiga oshdi

    06.07.2020, 18:06

    Turkmanistonda joriy etilishi mumkin bo‘lgan taqiqlar sabab och kulrang va sarg‘ish rangli avtomobillarni sotish boshlandi

    06.07.2020, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.