• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan otaxonning rafiqasi ham kasallik asoratlaridan hayotdan ko‘z yumdi

    Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli onaxon F.O. o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

    70 yoshli onaxonning turmush o‘rtog‘i, 72 yoshli otaxon Q.R. koronavirusdan vafot etgani haqida 29-iyun kuni SSV xabar bergandi.

    SSVning ma’lum qilishicha, F.O. 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. 23-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.

    Bemor ayolda koronavirus infeksiyasi qaysi kuni aniqlanganiga SSV aniqlik kiritmagan. Biroq Jizzax viloyatida 25-iyun kuni ikki kishida koronavirus aniqlangan va ular tug‘ilgan kunga borgandan so‘ng kasallik aniqlangani haqida avvalroq xabar qilingandi. Ulardan biri F.O.ning turmush o‘rtog‘i Q.R. bo‘lgani aniq.

    Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

    Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o‘tkazilgan.

    So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.

    Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Jizzaxlik onaxon koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi 25-bemor bo‘ldi.

    Bungacha O‘zbekistonda 24 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

    • 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
    • 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
    • 7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
    • 11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
    • 14-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
    • 22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
    • 29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;
    • 6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;
    • 25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);
    • 28-iyun kuni Toshkentda A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);
    • 28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.
    • 29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 29-iyun kuni Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 72 yoshli otaxon o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilindi.
    O‘zbekistonda 30-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirus aniqlangan bemorlar soni 8298 nafarni, kasallikdan tuzalganlar 5569 nafarni tashkil etmoqda.

    30.06.2020, 16:16   Izoh (0)   92464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga tabrik yo‘lladi

    30.06.2020, 16:07

    Marg‘ilonda Damas urib yuborgan piyoda vafot etdi

    30.06.2020, 15:56

    Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming dollar olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

    30.06.2020, 15:06

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

    30.06.2020, 13:32

    Davlat xizmatlari agentligi direktori “Yergeodezkadastr” qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

    30.06.2020, 13:10

    O‘zbekistonning “sariq” hududlarida soat 22:00 dan keyin maxsus ruxsatnomasiz yurgan avtomobillarga qarshi nazorat kuchaytiriladi

    30.06.2020, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.