O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Xalilillo To‘raxo‘jayev Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar Xalilillo To‘raxo‘jayev Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U ushbu lavozimga 2017-yilning dekabrida tayinlangandi. Bungacha Xalilillo To‘raxo‘jayev Prezident devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
“Davlat xizmatlari agentligi tizimi jamoasi Xalilillo Sobirjonovichni tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)