O‘zbekistonda 30-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 76 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 8298 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 44 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida);
  • 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5496 nafar fuqaro (66 foiz) sog‘aygan, hozirga qadar mamlakatda 24 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 2778 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.