O‘zbekistonda 11-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 72 kishiga ko‘payib, 4695 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida,
  • 3 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va
  • 3 nafari Namangan viloyatida aholi orasida,
  • 28 nafari Qashqadaryoning Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxona ishchilarida

aniqlandi.

“Hozirda mamlakatimizda 1144 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.

Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekistonda 3532 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda; 19 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.