Belarusning “Energetik-BGU” klubi yordamchi murabbiyi Artyom Radkov koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda “Tribuna.сom” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mutaxassisning COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy chiqqan, shundan so‘ng u kasalxonaga yotqizilgan.
Avvalroq klub vakillari tomonidan 34 yoshli Radkovda O‘RVI alomatlari borligi aytilgandi.
Radkov futbolchilik faoliyatida BATE, “Torpedo”, “Ximki”, “Terek” va Belarus terma jamoalarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoada ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilar — Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov harakat qiladi. “Energetik-BGU” Belarus chempionatining 12-turidan keyin 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog‘onasidan o‘rin olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)