Londonning “Chelsi” klubi xo‘jayini Roman Abramovich “Sotbis” auksionida norvegiyalik rassom Edvard Munkning “Qichqiriq” kartinasini sotib oldi, deb xabar beradi Sotheby’s Life Telegram kanali.
Xarid narxi 120 million dollarni tashkil etgan. Abramovich mashhur kartinaning to‘rt variantidan birini sotib olgan. “Qichqiriq” — Edvard Munkning 1893—1910-yillarda yaratilgan suratlar seriyasidir.
Ta’kidlash joizki, bu Abramovichning birinchi qimmat xaridi emas. U ilgari ham bir necha marotaba yangi mulklar sotib olgan. Manbada aytilishicha, rossiyalik milliarder avvalroq Isroilda 64,5 million dollarga villa sotib olgan, bu uy mamlakatdagi eng qimmat turar joyga aylangan bo‘lsa, bitim rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Abramovich uchun bu Isroildagi uchinchi ko‘chmas mulkdir.
Mavzuga doir: “Chelsi” 7 futbolchisi bilan xayrlashadi. Nomzodlar aniq
Ma’lumot uchun, Roman Abramovich 2003-yilda “Chelsi” klubini sotib olgan. “Aristokratlar” 29-turdan so‘ng 48 ochko to‘plagan holda Angliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Premyer Liga bahslari 17-iyun sanasidan davom ettiriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)