O‘zbekistonning “sariq” rangli hududlaridagi sun’iy futbol maydonlarida sport bilan shug‘ullanish mumkinligi ma’lum qilindi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov 8-iyun kungi brifingda ma’lum qildi.
“Agar mazkur futbol maydonlari, umuman sport maydonlarida karantin tadbirlariga rioya qilinsa, sport bilan shug‘ullanish mumkin va bunga to‘sqinlik qiladigan jihat yo‘q”, — deydi Otabekov.
Avvalroq Respublikaning “yashil” va “sariq” hududlarida 1-iyundan boshlab sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berilishi haqida ma’lum qilingandi.
13-iyundan boshlab esa futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining joriy mavsumiga restart beriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)