• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    COVID-19’ga qarshi Tailand vaksinasi 2021-yil oxirida tayyor bo‘lishi mumkin

    Tailandda ishlab chiqilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina 2021-yilning to‘rtinchi choragida ommaviy foydalanish uchun tayyor holga kelishi mumkin. Bu haqda Tailand sog‘liqni saqlash vazirligida o‘tkazilgan brifingda mamlakat vaksinatsiya milliy instituti doktori Nakxon Premsi ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

    Foto: Human Rights Watch

    Foto: Human Rights Watch

    “Vaksina 2021-yil IV choragida ommaviy foydalanishga tayyor holatga keltiriladi”, – degan u.

    “Vaksinaning hayvonlarda o‘tkazilgan sinovlarida ajoyib natijalar qayd etildi, biroq ommaviy foydalanish uchun sinovlar siklini yakuniga yetkazish lozim, jumladan, ko‘ngillilarda test qilish, keyin esa Tailand aholisining kamida chorak qismini vaksinatsiya qilishga yetadigan, ya’ni 23 million dozani ishlab chiqarish zarur”, – degan institut rahbari.

    Shuningdek, u 23-may kuni Chulalongkorn universiteti olimlari mamlakat vaksinatsiya milliy institutining umumiy dasturi doirasida vaksinani maymunlarda test qilish ishlarini boshlab yuborganini ham aytib o‘tgan.

    “Mazkur testlar bir oydan bir yarim oygacha vaqt talab etadi va iyul boshida yakuniga yetishi mumkin. Keyin vaksina dozalarining birinchi partiyasi ishlab chiqariladi va ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish hatto gap juda kam dozalar haqida ketgan vaqtda ham mehnat talab qiladigan va uzoq davom etadigan jarayon. Test qilish shu yili oktabr yoki noyabrda yakuniga yetadi va shundan keyin ommaviy ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi”, – degan Premsi.

    Doktor vaksinaning uzoq vaqt davomida tayyorlanishi, hayvonlar va odamlarda test qilinishi yakunda uning samaradorligi hamda odamlarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarurligini ta’kidlagan.

    Tailand vaksinatsiya milliy institutining rahbari COVID-19 vaksinasini yaratish bo‘yicha dasturi sog‘liqni saqlash hamda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgani, jarayonga xususiy sektor hamda xorijdagi hamkorlarning tadqiqotlarini o‘rgangan holda ishlab chiqilayotganini bildirgan. AQShning Pensilvaniya universiteti testlarni tekshirish va natijalarni tasdiqlash ishlarida ishtirok etmoqda, birinchi partiyani ishlab chiqarishda AQSh va Kanadadagi xususiy kompaniyalar ham qatnashadi, vaksinani ommaviy ishlab chiqarish esa Tailandning BioNet Asia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Mavzuga doir: COVID-19’ga qarshi Tailandda tayyorlangan vaksina AQShda ishlab chiqariladi

    “Tadqiqot dasturida Chulalongkorn universiteti olimlaridan tashqari Shahzoda Maxidola nomidagi universitet vakillari, shuningdek, mamlakat vaksinatsiya milliy instituti hamda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar instituti vakillari ham ishtirok etmoqda”, – degan u.

    “Tailand – koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgan 11 ta davlat orasida hozircha eng uzoqqa bora olgan mamlakatlardan biri. Jarayonda Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Avstraliya yetakchilik qilmoqda, ushbu davlatlar odamlarda vaksinani sinashni boshlab yuborgan”, – degan Premsi.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, 11 ta davlatda koronavirusga qarshi 100 dan ortiq turdagi vaksinalar ishlab chiqilmoqda.

    “Ushbu mamlakatlardagi ishlar doimiy ravishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan ma’lumot almashinuvi orqali amalga oshirilmoqda. Yakunda eng omadli vaksina ushbu davlatlarda ommaviy tarzda ishlab chiqariladi va boshqa davlatlar ham undan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

    “Bitta vaksina bilan butun yer yuzi aholisini qamrab olishning imkoni yo‘q, ishlab chiqarishga yillar ketadi, shuning uchun ham vaksinani bir nechta davlatlar bir vaqtning o‘zida ishlab chiqishga harakat qilishi eng to‘g‘ri qaror”, – degan u.

    Tailandda ishlab chiqilayotgan vaksina RNK-vaksina hisoblanadi va uning ta’sirida inson organizmi koronavirusga qarshi antitanalar ishlab chiqaradi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi
    • Tayvan kuzga borib COVID-19’ga qarshi vaksinalarni odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshlaydi

    24.05.2020, 19:22   Izoh (0)   27982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 130 ming nafardan oshdi

    24.05.2020, 18:58

    AQSh harbiy dengiz kuchlari uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarga qarshi lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi

    24.05.2020, 18:18

    Ispaniya hukumati mamlakatda turizm mavsumi qaysi sanada ochilishini e’lon qildi

    24.05.2020, 16:56

    AQSh koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

    24.05.2020, 14:54

    The New York Times AQShdagi COVID-19 qurbonlariga bag‘ishlab, gazetaning bosh sahifasida ularning ismini chop etdi

    24.05.2020, 13:53

    Oq uy AQShda JSSTning muqobilini yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi

    24.05.2020, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.