“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Koronavirus sabab to‘xtab qolgan mavsum qayta boshlanishi oldidan 29 yoshli futbolchi xavotirga tushmoqda. 19-may kuni “Chelsi” futbolchilari masofa saqlagan holda kichik guruhlarga bo‘linib mashg‘ulot olib borgan.
The Telegraph nashrining xabar qilishicha, Kante ehtiyot choralari kuchaytirilganiga qaramasdan o‘z sog‘lig‘idan xavotir olmoqda. Klub Kantega 20-may kungi mashg‘ulotda ishtirok etmaslikka ruxsat berdi va uning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kante ham boshqa futbolchilar singari koronavirusga test topshirgandi. Unda infeksiya aniqlanmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)