• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Murabbiyni kiyinish xonasidayoq ishdan bo‘shatish mumkin” — “Barselona” va “Real”da to‘p tepgan, endilikda murabbiyga aylanayotgan Xavyer Saviola hikoyasi

    Xavyer Saviola — argentinalik sobiq futbolchi, 2004-yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioni hamda 2006-yilgi mundial ishtirokchisi. Faoliyati davomida “River Pleyt”, “Barselona”, “Real”, “Sevilya” “Benfika” va “Monako” singari grand klublar safida tup surishga muvaffaq bo‘lgan. Saviola ayni paytda futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik sohasiga qadam qo‘yayotgan yosh mutaxassislardan biri.

    Foto: Getty Images

    Quyida uning futbolga bo‘lgan fikr va qarashlari hamda xotiralari taqdim etiladi.

    Murabbiylik sohasi haqida

    “Murabbiyni kiyinish xonasida ham ishdan bo‘shatish mumkin. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Bu jarayonga ayniqsa, nisbatan yoshi kattaroq o‘yinchilar, jamoa sardori yoki uzoq vaqtdan beri shu klubda to‘p surayotgan futbolchilar kuchli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ular jamoada asosiy figura bo‘lishga va hurmat qozonishga intiladi. Men futbolchi sifatida bir necha bor bunday holatlarga duch kelganman. Murabbiy sifatida meni xavotirga qo‘yadigan asosiy muammolardan biri ham aynan shu.

    Jamoadagi 30 nafar o‘yinchining barchasi o‘zini baxtli his etishi qiyin. Ulardan faqat 11 nafarigina muntazam ravishda o‘ynashi mumkin, qolganlarining esa sizning ishingizdan mamnun bo‘lishi dargumon. Futbolchi sifatida shuni tushundimki, kam o‘yin amaliyotiga ega o‘yinchilar ham o‘zlarini jamoaning muhim a’zosi sifatida his qilishi kerak. Bu haqida bosh qotirish navbati endi meniki”.

    Marselo Byelsa haqida

    “2004-yilgi Afina Olimpiadasida Argentina g‘olib chiqqandi. O‘shanda jamoani Marselo Byelsa boshqarardi va qaysidir ma’noda uning jamoadaligi mening omadim edi. U haqida faqat yaxshi xotiralarga egaman. Uning futbolga bo‘lgan fidoyiligi fanatizmni eslatardi. Uning qo‘l ostida shug‘ullangan har qanday o‘yinchi uning ishga qanday yondashishini aytib bera oladi. U futbol uchun yashaydi va o‘ylagan yagona narsasi – o‘z o‘yinchilariga yaxshi imkoniyat yaratib berish. Agar Marseloning jamoasiga olti balli o‘yinchi kelsa, ma’lum muddat o‘tgach, u sakkiz yoki to‘qqiz balli futbolchiga aylanardi.

    Marselo Byelsa

    Marselo Byelsa
    Foto: Getty Images

    Uning yana bir tahsinga loyiq xislatlaridan biri bu – uning samimiyligi. Shuning uchun, futbolchilar uni juda hurmat qilishgan. U qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar futbolchilar bilan muloqot qila olardi.

    Bir safar bitta o‘yinda uchta gol urganman. O‘sha paytda xursandchiligim ichimga sig‘masdan kiyinish xonasiga kirgan vaqtim u menga: ‘Bugun sen juda yomon o‘yin ko‘rsatding’, – degandi. U nima sababdan bunday deganini tushunmaganman. Keyin bilsam, u himoyadagi harakatlarimdan norozi ekan. Byelsa boshqalarga o‘xshamasdi. Aytish mumkinki, u o‘z dunyosida yashardi”.

    Birinchi murabbiyi va “River Pleyt”dagi debyuti haqida

    “5 yoshimda Buenos-Ayres shahridagi kamtargina klubda futbol o‘ynashni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Gabriyel Rodrigesdan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Xususan, undan bolalarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini o‘zlashtirdim. Menga uning mashg‘ulot o‘tkazish uslubi juda yoqardi. Yana bir yetuk murabbiyim “River Pleyt” klubida birga ishlagan Ramon Dias. U – tug‘ma motivator edi.

    16 yoshimda asosiy jamoada debyut qilganman. Bungacha uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. O‘shanda mavsum yakuniga yetishiga atigi bir nechta o‘yin qolgandi va asosiy jamoaning uch nafar hujumchisida jarohat bor edi. Maydonga tushishi mumkin bo‘lgan ikki hujumchi qolgandi. Dias esa uchinchi hujumchi sifatida tarkibga meni ham kiritishga qaror qildi. Ungacha men uchinchi divizionda o‘ynab yurardim va ba’zida asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tardim, lekin qachondir bunday bo‘lishi mumkinligini tasavvur ham qilmaganman. Bo‘lajak o‘yindan oldingi mashg‘ulotdan so‘ng o‘yin qaydnomasida ismimni ko‘rdim. Dastavval qandaydir xatolik tufayli u yerga familiyam paydo bo‘lgan, deb o‘ylagandim. Barchasi shu tarzda boshlangan.

    Saviola “River Pleyt” libosida

    Saviola “River Pleyt” libosida
    Foto: Getty Images

    Uchrashuv avvalida zaxirada qoldirildim. Biroq birinchi bo‘limdayoq hujumchilardan biri jarohat oldi va murabbiy o‘yinning ikkinchi yarmida meni maydonga tushirishga qaror qildi qattiq asabiylashganman, lekin maydonga tushishim bilan hammasi o‘tib ketdi. Ehtimol Diasning so‘zlari menga yordam bergandir. U menga: ‘Tinchlan! Katta yoshdagi o‘yinchilardan farqli o‘laroq, sen natija uchun javobgar emassan’, – degandi.

    U bu so‘zlarni kerakli vaqtda aytgandi. Men uning bu so‘zlarini haligacha eslayman. U kuchli bosimdan xalos bo‘lishimga juda katta yordam bergan. Men maydonga tushib, shunchaki futbol o‘ynadim va gol urdim”.

    “Benfika”dagi faoliyati haqida

    “Yevropadagi faoliyatim xususan, Jorji Jezush boshchiligidagi “Benfika”ni o‘zgacha iliqlik bilan xotirlayman. Uning qo‘l ostida ajoyib futbolchilar avlodi yetishib chiqdi. Fabiu Koentrau, Pablo Aymar, Anxel di Mariya shular jumlasidandir. U o‘yinchilarga ko‘proq erkinlik berardi. Shu bilan birga juda talabchan edi.

    Jorji mashg‘ulotlarining birinchi yarim soati to‘p bilan ishlashga bag‘ishlanardi. Biz tobora u ko‘rishni istagan o‘yinga moslasha boshlagandik. U mening ikkinchi hujumchi sifatida maydonda biroz chuqurroq harakat qilishim jamoaga ko‘proq imkoniyat yaratib berishini aytgandi. Uning jamoasida to‘p surish juda yoqimli edi. O‘ylashimcha, bu har qanday futbolchiga yoqqan bo‘lardi”.

    Saviola “Benfika” libosida (30-raqamda), ortda Jorji Jezush

    Saviola “Benfika” libosida (30-raqamda), ortda Jorji Jezush
    Foto: Getty Images

    Ideal murabbiy namunasi – Xose Pekerman haqida

    “Butun karyeram davomida birga ishlagan murabbiylardan Xose Pekermanga o‘xshashni istagan bo‘lardim. U – doimo xotirjamlikni saqlagan. Shu bilan birga u buni o‘z o‘yinchilariga qanday singdirishni ham yaxshi bilardi, bu esa qiyin vaziyatlarda asqatardi. U jamoasiga birinchi marta meni 2001-yilgi U-20 mundialiga chaqirgan, keyinroq 2006-yilgi kattalar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ham Argentina terma jamoasiga jalb etildim.

    Pekerman – o‘ziga ishonuvchi murabbiylardan biri. U hamma narsani tushunadi va futbolchilar bilan ko‘proq suhbatlashishga harakat qiladi. U kamdan kam hollarda ovozini ko‘tarardi. Tayyorgarlik nuqtayi nazaridan u ideal murabbiy edi, hatto u futbolchilarning ruhiy holati ustida ham ishlashni bilgan. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida biz hammamiz birga ovqatlanardik, u o‘yinchilarning bir-biriga yaqin bo‘lishini xohlardi.

    Suratda Xose Pekerman va Xavyer Saviola

    Suratda Xose Pekerman va Xavyer Saviola
    Foto: Getty Images

    Uning mashg‘ulotlari vaqtiga otamning o‘limiga to‘g‘ri kelib qolgandi. Men hech qachon Xosening menga bergan yordamini unutmayman. Shuningdek, Karles Reshak va o‘sha paytda Barselonada ishlagan barcha insonlar menga juda og‘ir bo‘lgan judolikni boshdan kechirishimda o‘z yordamini ayamagan”.

    Faoliyatni tugatish qanday bo‘lishi haqida

    “Barcha futbolchilar duch keladigan mushkul vaziyat – faoliyatni yakunlash. Hamma siz bu qarorni qabul qilishga tayyor turishingiz kerakligini aytadi va bu ayni haqiqatdir. Buni boshdan o‘tkazgan do‘stlarim bu haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rishni maslahat bergandi.

    Faoliyatim davomida “Barselona” va “Real” singari katta jamoalarda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim. Har hafta og‘ir mashg‘ulotlar va safarlar bo‘lardi. Biroq barchasi tugagach, uyingizga kelasiz va nima bilan shug‘ullanishingizni bilmay qolasiz.

    Men har doim bu qarorni o‘z vaqtida qabul qilishim kerakligi haqida o‘ylardim. Bunday qarorga kelganimda, kurashlarni qaytib sog‘inmaganman. Ushbu sport turini yaxshi ko‘rganim bois, uni qumsaganman, biroq raqobatni emas. Ko‘proq ruhiy jihatdan toliqqanim sababli faoliyatimga nuqta qo‘yishga qaror qilganman. Ammo yaqinlarim va oilamning qo‘llab-quvvatlashi menga katta yordam bo‘lgan. Fikrimcha, hayotning bunday lahzalarida yolg‘iz qolish juda qiyin”.

    Saviola “Barselona” libosida

    Saviola “Barselona” libosida
    Foto: Getty Images

    Qanday murabbiy bo‘lishi haqida

    “Avvaliga murabbiylik kvalifikatsiyasini olish to‘g‘risida umuman o‘ylamaganman. Keyinchalik menda murabbiylik saboqlarini olish istagi paydo bo‘ldi. Bungacha Pro litsenziyasi to‘g‘risida eshitgandim, xolos. Bu tajriba sizga futbolning boshqa tomoni bilan tanishish imkoniyatini beradi. Futbolchilarni ko‘proq tushuna boshlaysiz.

    Mening hamon qaysi yo‘ldan ketishim no’malum. Kattalarni shug‘ullantirishmi yoki yoshlarni? Buni vaqt o‘tishi bilan hal etsa bo‘ladi, biroq meni tashvishlantiradigan asosiy narsa – kiyinish xonasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘qnash kelib qolishdir.

    Avvaliga men futbolchilardan ishga professional tarzda yondashishni, jamoadoshlari va raqibni hurmat qilishni so‘rayman. Bu biroz qiyinroq kechishi mumkin, chunki barcha futbolchilarga ham bu to‘g‘ri kelavermasligi mumkin. Men ularni tarkibdan chetlatishdan ko‘ra biz to‘g‘ri yo‘lda ekanimizga ishontirishga harakat qilaman va barchamiz hamjihatlikda bitta yo‘nalishdan borishga harakat qilamiz”.

    Boshqa maqolalar:

    “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida

    “Barselona” va “Chelsi” o‘rtasida talash bo‘lishi kutilayotgan, braziliyalik “kechikkan yulduz” — Aleks Telles haqida

    Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida

    Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?

    Lemparddan Zidangacha. Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchilari orasidan yetishib chiqqan murabbiylar haqida

    Lempard va Jerrard qabul qilinmagan, Maykl Ouen kabi yulduzlarni tarbiyalagan, hozir esa to‘yxonaga aylantirilgan futbol maktabi haqida

    Murabbiy dastxati: Zidanning yetukligida Marchello Lippining o‘rni haqida

    “Keldim, gol urdim, g‘alaba qozondik, ketdim”. “Beli singan yigit” — Kim Chelstryomning “Arsenal” muxlislariga maktubi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.04.2020, 23:44   Izoh (0)   33179
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Adebayor xayriya qilmayotgani haqida: Nimani xohlasam, shuni qilaman

    24.04.2020, 21:42

    2021-yilga qoldirilgan futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati “Yevro—2020” nomini saqlab qoladi

    24.04.2020, 20:19

    Vadim Abramov Osiyo Kubogi—2011, Avstraliya bilan o‘yindagi 0:6, o‘n yil avvalgi O‘zbekiston termasining hozirgisi bilan farqi haqida

    24.04.2020, 19:28

    “Liverpul” sobiq futbolchisi miya saratonini yengib o‘tdi

    24.04.2020, 18:16

    “Barselona” va “Chelsi” o‘rtasida talash bo‘lishi kutilayotgan, braziliyalik “kechikkan yulduz” — Aleks Telles haqida

    24.04.2020, 17:11

    UEFA qanday klublar Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumiga qo‘yilmasligini ma’lum qildi

    24.04.2020, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.