“Liverpul” sobiq himoyachisi Dominik Matteo miya saratonini yengib o‘tdi. Bu haqda u Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Men duolar qilib kutayotgan qo‘ng‘iroq kecha sodir bo‘ldi... Miyam surati hammasi toza ekanini ko‘rsatmoqda. Olti oylik qo‘rquv, og‘riq, shifoxonada yotish, operatsiya va davolanishdan keyin men tuzaldim! Aql bovar qilmaydi. Lidsdagi LGI & St James shifoxonasi hayotimni qutqarib qoldi. Ular o‘z vazifasini qoyilmaqom tarzda bajardi. O‘z minnatdorchiligimni bildirish uchun oddiy rahmat so‘zi yetmaydi”, — deydi Matteo.
https://www.instagram.com/p/B_UhxOelAeZ/
Shotlandiyalik himoyachi 1992—2000-yillar mobaynida “Liverpul”da to‘p surgan. Shuningdek, u “Sanderlend”, “Lids”, “Blekbern” va “Stok Siti” kabi jamoalarda harakat qilgan. 2000—2004-yillarda Shotlandiya terma jamoasiga jalb qilingan. So‘nggi yillarda Dominik “Liverpul” klubi telekanalida ekspert va sharhlovchi sifatida ishlayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)