• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona” va “Chelsi” o‘rtasida talash bo‘lishi kutilayotgan, braziliyalik “kechikkan yulduz” — Aleks Telles haqida

    “Barselona” va “Chelsi”ning chap qanot himoyasida qanday o‘xshashlik bor? Deyarli hech qanday! “Barselona”da dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri Xordi Alba bor. “Chelsi”da esa bunday darajadagi futbolchi yo‘q.

    Aleks Telles “Portu” libosida

    Aleks Telles “Portu” libosida
    Foto: Google Images

    Londonliklar ustozi Frenk Lempard esa o‘zining eng yaxshi davrlari ortda qolgan ikki futbolchiga suyanishga majbur bo‘lmoqda. Na Markos Alonso va na Emersonning hozirgi kunda biror-bir grand klubga katta nafi tegishi amri mahol. Unda ikkala klubning bog‘lab turgan umumiy jihat nima dersiz? Ayni damda kataloniyaliklar ham, londonliklar ham chap qanot himoyasini mustahkamlash niyatida. Va, albatta, ikkalasi ham Aleks Tellesga da’vogarlik qilmoqda.

    Braziliyalik futbolchi unchalik yosh ham emas, 27 bahorni qarshilab qo‘ygan. Mamlakat bosh jamoasida esa roppa-rosa bir yil oldin ko‘rinish bergan. Ammo buni tushunish mumkin. Braziliya terma jamoasida kimsan Marselo, Aleks Sandro, Filipe Luis va Renan Lodilarga raqobat qilish lozim edi.

    Biroq Tellesni butun Portugaliyada yaxshi bilishadi. Ayni damdagi “Portu”ni Alekssiz tanib bo‘lmaydi. U jamoa tarkibidagi, so‘zsiz eng yaxshisi. Kim o‘zi bu yigit, nima uchun yangi mavsumda u qaysi klub safida bo‘lmasin — nigohlar unga qaratilishi kerak?

    Xullas, Aleks Telles kim?

    Aleks Telles “Galatasaroy” libosida

    Aleks Telles “Galatasaroy” libosida
    Foto: Twitter

    Aleks Telles nomini ko‘pchilik 2014-yilda tanigan. O‘sha yili futbolchi vatanidan Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga o‘tgan. Shundan so‘ng u bir muddat Milanning “Inter”ida harakat qiladi. Keyin esa “Portu” safiga borib qo‘shiladi.

    Telles o‘z ampluadoshlari kabi ajoyib krosslarni amalga oshirishi, hujumni tezlashtirish qobiliyatlariga ega. Ammo uning yashirin iste’dodi ham bor. Har holda angliyalik va ispaniyalik hamkasblari uchun yashirin iste’dodi mavjud. Portugaliyada esa uni hamma yaxshi biladi. Aleks yo‘q joydan paydo bo‘lib qolib ham uzoqdan darvozani o‘qqa tutishi mumkin. U bu ko‘rinishdagi gollarni tez-tez urib turadigan himoyachi. Haqiqiy yashirin qurolga o‘xshaydi.

    U himoyalana oladi, hujum qiladi va jamoani ortidan ergashtiradi. Yana nimani xohlash mumkin?

    Aleks Telles “Inter” libosida

    Aleks Telles “Inter” libosida
    Foto: Google Images

    Telles Portugaliyada o‘zini qanchalik ko‘rsata oldi?

    Portugaliyadagi 4 yil ichida Aleks 16 ta gol urdi. Ha, goleadorlik jihatidan u xuddi Markos Alonsoga o‘xshaydi. Biroq boshqa har qanday ko‘rsatkichlarda uni ortda qoldiradi.

    Portugaliyada futbolchi o‘sishdan to‘xtamadi. U bu yerda raqib jarima maydonida to‘p bilan va to‘psiz yugurishni mohirlik bilan o‘zlashtirdi. Bundan tashqari penalti ham tepadi. Tepganda ham bu ishni juda yaxshi amalga oshiradi.

    Futbolda raqiblaring qanchalik yaxshi bo‘lsa, sen ham shunchalik yaxshi, kuchliroq bo‘lasan degan gaplar yuradi. Bu esa ayni haqiqat. “Portu”ning raqiblariga qarshi Telles har doim juda yaxshi o‘yin namoyish etgan. Endi esa uning boshqa ligada, bo‘lganda ham kuchliroq ligada o‘zini qanday ko‘rsatishini kuzatish qoldi, xolos.

    Braziliya terma jamoasidagi ahvoli qanday?

    Terma jamoadan chetda bo‘lish futbolchining iste’dodli emasligidan yoki boshqalardan kuchsizligidan dalolat bermaydi. Bunga yaqqol misol sifatida “Manchester Siti”da javlon urayotgan Aymerik Lyaportni ko‘rsatish mumkin. Telles ham Lyaport (Fransiya terma jamoasi Rafael Varan, Samyuel Umtiti markaziy himoyada asosiy rolni o‘ynaydi) singari terma jamoadagi o‘ta kuchli raqobatdan aziyat chekishga majbur. Shu o‘rinda 27 yoshni urib qo‘ygan Telles terma jamoa borasida omadi kelmaganiga shunchaki ko‘nikib bo‘lgan.

    Ha aytgancha, Aleksda Italiya pasporti bor. Demak, unda mazkur yurt bosh jamoasida o‘ynash imkoniyati ham. Ammo Italiya terma jamoasining ayni damdagi ustozi Roberto Manchini “Chelsi” vakili Emersonga ishonch bildirmoqda — hozircha. Kelajakda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

    Kuchli tomonlari

    Aleks Telles “Portu” libosida

    Aleks Telles “Portu” libosida
    Foto: Google Images

    Kuchli zarbalaridan tashqari unda raqib jarima maydonida tajovuzkor harakat qilish bilan ham ajralib turadi. Telles tezkor krosslarni amalga oshiradi. Kutilmagan tezligi bilan hayron qoldirishi mumkin. Texnikasi yuqori, himoyada ham, hujumda ham birdek foydali. Ikkala oyoqda ham birdek o‘ynay oladi. U asosiy “quroli” bo‘lmagan ong oyog‘ida ham zarba berishdan qo‘rqmaydi.

    “Barselona” va “Chelsi”ni ham jalb qilayotgan eng asosiy sifati esa chidamlilik. U hech qachon charchab qolmaydi.

    Kimga o‘xshaydi?

    Aleks ko‘proq Antonio Konte vaqtidagi Markos Alonsoni eslatib yuboradi. Raqib maydoniga xuddi Maykondek kirib boradi. Himoyada esa Lyuka Ernandes yoki Benjamen Pavarni eslatib yuboradi. Biroq uni kimgadir o‘xshatish baribir ixtiyoriy. Tanlov o‘zingizda.

    APLga to‘g‘ri keladimi?

    Angliya Premyer Ligasidagi Portugaliyadagi kabi “Tondela” singari kuchsiz raqiblar deyarli yo‘q. Ammo bu hehc narsani o‘zgartira olmaydi. Boisi Telles yuqori darajada to‘p tepishga 100 foiz tayyor. Katta ehtimol Aleks juda tez vaqt oralig‘ida o‘z pozitsiyasida eng yaxshi futbolchiga aylanishi mumkin. APLga ham Aleks singari kuchli chap qanot himoyachilari yetishmayotgnai ayni haqiqat. Manbalaga ko‘ra, Tellesning transferi klublarga 35-40 mln yevro atrofida tushishi mumkin. U bunga arziydimi? Albatta!

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.04.2020, 17:11   Izoh (0)   14556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UEFA qanday klublar Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumiga qo‘yilmasligini ma’lum qildi

    24.04.2020, 16:53

    Joze Mourinyo va Devid Moyes karantin vaqtida uyda o‘tirgani yo‘q. Ular oziq-ovqat yetkazuvchi haydovchiga aylandi

    24.04.2020, 15:59

    Kevin de Bryuyne: Men noyob futbolchiman, birorta ojiz nuqtam yo‘q

    24.04.2020, 14:46

    Gabriel Jezus Braziliyadagi nochor aholiga 3 tonna oziq-ovqat xayriya qildi

    24.04.2020, 13:49

    Jon Terri: Rafael Benites bilan birinchi kundanoq chiqisha olmaganman

    24.04.2020, 12:07

    “Monpelye”ning 23 yoshli futbolchisi koronavirus sabab reanimatsiyaga tushib qoldi

    24.04.2020, 11:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.