“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiyaning “Sport-Ekspress” saytiga intervyu berdi.
— “Rostov”da yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodov Angliya chempionatiga ketib, tavakkalchilik qilishi to‘g‘ri bo‘ladimi?
— Nega endi yo‘q? Eldor — o‘ziga xos yigit. Undan avval boshqa bir o‘zbek — Odil Ahmedov “Anji” va “Krasnodar”da juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. U Namangandan, bu yerda bolalar futbol maktabini ochdi, yaqinda mahalliy shifoxonalarga yordam yubordi.
— 2020-yil oxirida Ahmedovning “Shanxay SIPG” bilan shartnomasi tugaydi. Uni “Navbahor”ga chaqirasizmi?
— Jamoamda allaqachon bitta Ahmedov bor (kuladi). Yoniga akasini olishni taklif qilyapsizmi? Ko‘ramiz, vaqt ko‘rsatadi.
— O‘zbekiston chempionatini davom ettirishdan darak bormi?— Yaqinda Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze va federatsiya bilan videokonferensiya orqali bu masalani muhokama qildik. Hozircha hech kim bilmaydi. Bizga jim o‘tirish va yangilik kutishni tavsiya qilishdi, — deydi Kanchelskis.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)