UFC rahbariyati UFC 249 musobaqasini AQShning Florida shtatida o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda MMA Fighting xabar qildi.
UFC kechasi avval e’lon qilinganidek 9-may kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa o‘tadigan joy ma’lum qilinmagan. Biroq musobaqa boshlanishidan avval barcha ishtirokchilar shtatning eng gavjum shahri Jeksonvillga borishi ma’lum.
Avvalroq restling promousheni (WWE) Florida shtatida musobaqa o‘tkazish borasida kelishuvga erishgandi. UFC ham bu borada ruxsat olgani aytilmoqda. Ayni damda Floridada koronavirus bilan zararlangan soni 27 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, 800 nafardan ortiq kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljal qilingandi. Kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi kechadi. Getji Rossiyadagi karantinni tark etolmagan Habib Nurmagomedovning o‘rnini egallagan.
Mavzuga doir: Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni itga qiyosladi
Izoh (0)