• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida

    Suhbat avvalida Luish Nani Lissabon bilan bo‘lgan mustahkam aloqasi haqida gapiradi. Nani Amadorada (Lissabon hududiga kiradigan shahar) tavallud topgan. U Portugaliya poytaxtida futbol uchun tug‘ilgandi. Bu esa u bilan suhbatning boshlanish nuqtasi bo‘ldi.

    Bolaligi haqida

    Luish Nanining bolalikdagi surati

    Luish Nanining bolalikdagi surati
    Foto: Google Images

    “Ushbu shahar menga jasorat va cheksiz diqqat-e’tibor taqdim qildi. U vaqtlarda ko‘chada do‘stlarimiz bilan futbol o‘ynash oson emasdi. O‘zingdan katta hamda yomon bolalar bilan futbol o‘ynash uchun jasorat talab etilardi. Yaxshi futbol o‘ynay olmasa ham boshqalardan kuchli va bolalarni qo‘rqitib yuboradigan tashqi ko‘rinishga egalar ham bo‘lardi. Mobodo ularni o‘yinda yutib qo‘yadigan bo‘lsak, bahsdan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi. Hayot shunday edi”, — deydi Nani.

    Taqdirga ishonishi, yosh do‘stini bir kun kelib “Manchester Yunayted”da to‘p tepishiga ishontira olgani haqida

    2007-yil. Nani “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida tanishtirilgan

    2007-yil. Nani “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida tanishtirilgan
    Foto: Getty Images

    “Ha, bu haqiqat. Men rostdan ham o‘sha jamoada birgalikda to‘p surgan do‘stim bilan gaplashdim. Kech bo‘lgandi. Biz endigina o‘yinni tugatib, ko‘chaga chiqqan vaqtimizda, kafedagi televizorda qo‘yilayotgan uchrashuvni ko‘rib qoldik. Bu ajoyib edi. Chempionlar Ligasi final bellashuvining so‘nggi ikki daqiqasida ‘Manchester Yunayted’ 2 ta gol urib, o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Do‘stimga qaradim va unga quyidagilarni aytdim: ‘Bir kun kelib ushbu jamoa safida o‘ynayman yoki ‘Old Trafford’da bo‘laman’. Bu qoyilmaqom o‘yin meni hayajonga solib qo‘ygandi. Va bu gaplar haqida u hech qachon unutmadi. Shundan so‘ng biz bir-birimiz bilan bir necha yil davomida aloqaga chiqmadik. Biroq uchrashgan vaqtimiz u hamon unga bergan va’dam yodida ekanligini aytdi”, — deya xotirlaydi Luish.

    Qat’iyatliligi haqida

    Nani ayni damdagi klubi “Orlando Siti” libosida

    Nani ayni damdagi klubi “Orlando Siti” libosida
    Foto: Getty Images

    Amerika futboli mutaxassislari fikriga ko‘ra, Nani “Orlando Siti” tarkibida maydonga tushgan vaqtlarida o‘ziga katta mas’uliyat olishi hamda qat’iyatini namoyish etishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Portugaliyalik futbolchi futboldagi hayotida bunday xususiyatini o‘zgartirmaslikka kafolat berib keladi.

    “Ha... Umuman olganda, shu boisdan ham meni chetlatishdi. Mavsumning birinchi o‘yinini o‘tkazib yuboraman. Hatto o‘tgan mavsumning so‘nggi o‘yinida ham yutqazishni istamagan edim. Biz noqulay holatga tushib qolgandik. Shunday ekan, qanday o‘yin haqida gap ketayotganligining menga farqi yo‘q edi. Biz futbol o‘ynar ekanmiz, klub logotipi bilan faxrlanib, muxlislarga hurmat ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonishimiz lozim. Shu boisdan o‘sha bahsda hakamdan g‘azablandim va sariq kartochka bilan siylandim. Biroq liga meni yanada qattiqroq jazolashni lozim deb topdi. Oxir-oqibatda esa men ham o‘z xarakterimni namoyish etdim. Hali-hamon ushbu o‘yinni yaxshi ko‘raman. Hamon g‘alaba qozonishni istayman. Shunchaki dam olib futbol o‘ynashni xohlamayman. Menda har doim shunday chegara bor”, — deya ta’kidlaydi portugaliyalik yulduz.

    O‘g‘li haqida

    Nani o‘g‘li bilan birga

    Nani o‘g‘li bilan birga
    Foto: Getty Images

    “Kaminani baxtli qilgan narsa — o‘g‘limning dunyoga kelishi. Bu voqea menga barqarorlik, muhabbat va hayotning har bir jihatida hammasiga ulgurish imkoniyatini taqdim etdi. Uni ortimda ko‘rish va qanday gaplashayotganini guvohi bo‘lish men uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. Maydonda bo‘lgan vaqtim o‘zimni eng yuqori cho‘qqida his etgan bir nechta holatni boshdan o‘tkazganman. Ayniqsa ‘Manchester Yunayted’dagi dastlabki 2 yilim ichida. O‘shanda barcha sovrinlarga ega chiqqandik. Bu unutilmas lahzalar. Bu juda ajoyib edi. Bular faoliyatimdagi eng muhim sovrinlar. Ular bergan hislar ham o‘zgacha. Shuni aniq ayta olamanki, o‘sha lahzalar faoliyatimdagi eng yaxshilaridir”, — deydi Nani.

    Nani farzandining Manchesterda tug‘ilganiga qaramay “Sporting” bilan ham alohida munosabati borligi haqida ta’kidlaydi.

    “Agar undan so‘rasangiz, u ‘Sporting’, ‘Manchester Yunayted’, Portugaliya va Orlandodan ekanligini aytadi. U hammasini yaxshi ko‘radi. Unda barcha jamoaning liboslari bor. Bog‘ga futbol o‘ynashga o‘tgan vaqtimizda esa o‘sha kuni qaysi formada o‘ynashni o‘zi tanlaydi. U ‘Manchester Yunayted’ haqida hamma narsani biladi: klub, shahar uning uchun ko‘p narsani anglatadi. Boisi o‘g‘lim aynan Manchesterda tug‘ilgan. U shahar bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Ammo o‘g‘lim asosiy jamoalar qaysi ekanligini yaxshi biladi. ‘Sporting’, Portugaliya terma jamoasi, ‘Manchester Yunayted’ va mana endi ‘Orlando Siti’, albatta”, — deya suhbatga yakun yasadi Nani.

    Ma’lumotnoma

    Luish Karlush Almeyda da Kunya (Nanining to‘liq ism-sharifi) — 1986-yil 17-noyabrda tug‘ilgan. Professional futbolchilik faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Fenerbahche”, “Valensiya”, “Latsio” klublarida to‘p surgan. Ayni damda AQShning “Orlando Siti” klubi a’zosi.

    Nani “Sporting” bilan Portugaliya Kubogini 2 bor qo‘lga kiritgan. Shuningdek, mamlakat Liga Kubogi musobaqasida 1 marta g‘olibga aylangan. “Manchester Yunayted” safida 4 karra Angliya chempioni, 2 karra Liga Kubogi sohibi, 1 bor Chempionlar Ligasi g‘olibi. Shuningdek, 4 marta Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. 2008-yilgi Klublar o‘rtasidagi mundialda g‘olib chiqqan.

    Portugaliya terma jamoasi safida 2016-yilgi Yevropa chempionatida musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

    Boshqa maqolalar:

    • Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida
    • Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?
    • Lemparddan Zidangacha. Yaqin o‘tmishning taniqli futbolchilari orasidan yetishib chiqqan murabbiylar haqida
    • Lempard va Jerrard qabul qilinmagan, Maykl Ouen kabi yulduzlarni tarbiyalagan, hozir esa to‘yxonaga aylantirilgan futbol maktabi haqida
    • Murabbiy dastxati: Zidanning yetukligida Marchello Lippining o‘rni haqida
    • “Keldim, gol urdim, g‘alaba qozondik, ketdim”. “Beli singan yigit” — Kim Chelstryomning “Arsenal” muxlislariga maktubi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    22.04.2020, 15:59   Izoh (0)   16095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Roberto Karlos: “Real”ga o‘tishim 10 daqiqada hal bo‘lgandi

    22.04.2020, 15:16

    UFC 249 ning yangi sanasi va o‘tkazilish joyi ma’lum bo‘ldi

    22.04.2020, 14:18

    O‘zbekiston terma jamoasiga Yevropadan kuchli murabbiy olib kelinadimi? Ravshan Ermatov javob berdi

    22.04.2020, 13:02

    O‘zbekiston futbolchilar eksporti bo‘yicha jahonda 81-o‘rinda qayd etildi, Osiyoda esa 6-pog‘onada

    22.04.2020, 12:04

    Niderlandiyada koronavirus sabab professional futbol musobaqalari sentabrga qadar taqiqlandi

    22.04.2020, 11:08

    Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi

    22.04.2020, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.