O‘zbekistonda 19-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 48 kishiga oshib, 1543 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1495 taga yetgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 214 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Izoh (0)