Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada 42 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda, Tashqi ishlar vazirligining 18-apreldagi ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Izvestiya”

Foto: “Izvestiya”

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov xorijda bo‘lib turgan 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qilgan edi. “Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, ularning eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada.

Shuningdek, AQShda 11 nafar, Qozog‘iston va Gretsiyada olti nafardan, Pokistonda besh nafar, Avstriya, Armaniston, BAA, Isroil, Janubiy Koreya, Tailand, Turkiya va Yaponiyada bir nafardan O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalingan xorijdagi o‘zbekistonliklarning to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etgan vatandoshlarning uch nafari AQShda, yana biri Rossiyada bo‘lib turgan edi.

Ma’lumot uchun, 18-aprel soat 18:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1450 ta holat aniqlangan, bemorlarning 194 nafari sog‘aygan, to‘rt nafari esa vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi