Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantinga qaramay ishlashda davom etgan kafening kirish qismi betonlab qo‘yildi, deb xabar berdi Baza Telegram kanali.
Poytaxtdagi restoran va kafelar uyga eltib berish xizmati bilan ishini davom ettiryapti. Biroq “Halol somsa” kafesi hech narsa bo‘lmagandek mijozlarni qabul qila boshlagan. Kafe mijozlari bir-biriga juda yaqin o‘tirgan, oraliq masofa saqlanmagan.
“Sud qaroriga ko‘ra, kafe ishlamasligi kerak edi. Shu tufayli tuman ma’muriyati kafega kirishni beton orqali to‘sib qo‘yishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Kafega kiraverishga asfalt yotqizildi, uning ustidan esa bir necha beton-bloklar qo‘yildi.
Izoh (0)