• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusning to‘rtinchi haftasi dayjesti: O‘zimizning testlar va tibbiy ventilyator, xayr Anvar Obidjon, bobodehqondan umidlar

    Kun xabarlarining eng yuqorisida koronavirus so‘zi uchrashiga ko‘nikdik. Karantin esa toqatimiz va hamyonimizni sinamoqda. Kuzatuvchilar koronavirus xuruji cho‘qqisiga chiqmaganidan bong urmoqda. Dayjestimiz hafta voqealarini bayon qiladi.

    Mavzuga doir:

    • Koronaxabarlar, karantin, misli ko‘rilmagan choralar, tashvish va xavotirlar. O‘zbekistonda koronavirusning birinchi haftasi dayjesti
    • O‘zbekiston bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus, to‘xtatilgan transportlar, yopilgan postlar, besh kunda bitkazilgan shifoxona. O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi haftasi dayjesti
    • Koronavirusning uchinchi haftasi dayjesti: Kuchaygan karantin, xayriya xavotiri, cheklovlar: >65 yosh; <2 metr; >37 daraja
    Karantin qoidalarini mensimaslik, transport harakati cheklovini aylanib o‘tish kabi holatlar bu haftada juda ko‘p kuzatildi. 4-aprel kuni ohangaronlik fuqaro o‘zining yuk mashinasida qishloq-xo‘jalik mahsuloti bilan birga to‘rt nafar fuqaroni cheklovlarga zid ravishda Toshkent shahriga olib kirmoqchi bo‘lgan. Albatta, bekorga emas. Shunga o‘xshagan karantin qoidalarini buzish harakatlari Toshkent shahriga kirish postlarining o‘zida 20 dan ko‘p holatda aniqlangan. Bundan tashqari, Termiz, Namangan, Samarqand, Buxoro shaharlariga ham kirib-chiqishda bunday holatlar bir necha marotabalab aniqlangan.

    O‘zbekistonda karantin qoidasini buzganlarning soni 46 mingdan oshib ketdi. Qoidabuzarlik eng ko‘p Toshkent shahri bilan viloyatida kuzatilyapti. Bundan tashqari, Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari qoidabuzarlar ro‘yxatining yuqorisidan joy olgan.

    * * *

    Shuncha tashvishim yetmaganidek, qo‘shnim Malibu olibdi, deganlariday, bu hafta dollar bahosi yaxshigina ko‘tarildi. O‘zbekiston valyuta birjasidagi 8-aprel kungi savdolarda 1 AQSh dollari 38 so‘mga qimmatlashib, 9 701 so‘mga yetgan bo‘lsa, bugun, ya’ni 12-aprel kuni, qo‘lda 9 900 so‘mdan ortib ketdi. Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 7-apreldan dollarning rasmiy kursini 9 590,10 so‘m etib belgilagan edi.

    * * *

    Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tibbiy test o‘tkaziladi. Haqli savol tug‘iladi: O‘zbekistonda hozirgacha nechta odam testdan o‘tkazildi? Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning 9-aprel kuni aytishicha, 70 mingdan ortiq fuqaroda test o‘tkazilgan.

    Xo‘sh, shifokorlarimiz asbob-anjom bilan qanchalik ta’minlangan? Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparati xarid qilindi. Ularning birinchi qismi yaqin kunlarda olib kelinadi. Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda. Xorijdan test keltirish bilan cheklanmasdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini aniqlashga yordam beradigan diagnostika kitlari (test tizimlari) sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, aprel oyi oxiriga qadar 50 mingta test ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston o‘pkaga havo yuboradigan tibbiy ventilyator ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgani haqida avvalroq xabar qilingandi.

    * * *

    Dunyoning deyarli barcha davlatlaridagi tendensiya O‘zbekistonda ham davom etib, bu hafta koronavirus yuqtirganlar soni o‘sishda yanayam tezlashdi. “Koronavirusinfo.uz” kanalining yozishicha, 2020-yil 12-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 865 nafarni tashkil qilmoqda. Virus yuqtirganlarning asosiy qismi xorijdan qaytganlar va karantindagilar hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

    Foto: “Koronavirusinfo.uz”

    Yaxshi xabarimiz ham bor – tuzalganlar soni oshmoqda. Hozirgacha yurtimizda koronavirusdan to‘liq tuzalganlar soni 65 nafarga yetdi. Karantin qachongacha davom etishi epidemiologik vaziyat normallashishiga bog‘liq.

    Mavzuga doir:

    • “Hozir uyda o‘tirib qahramon bo‘ladigan vaqt”. Karantindagi o‘zbekistonliklar nimalar bilan band?
    • Karantindagi xayriya shov-shuvlari: Yetkazilgan oziq-ovqatning sifati va miqdoridan noliganlar noshukurlikda ayblandi
    Aytish lozimki, koronavirus infeksiyasini yuqtirib halok bo‘lish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich, hozircha, O‘zbekistonga tegishli bo‘lib turibdi. Dunyo bo‘yicha o‘lim holati O‘zbekistonda 0,52 foizni tashkil etgan. MDH davlatlaridagi 1,13 foiz ko‘rsatkich dunyodagi holatdan (6,1 foiz) besh baravar kam.

    * * *

    8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi. Maktubda Rossiyada hozirgi murakkab sharoitda ishsiz, mablag‘siz qolgan fuqarolarimizdan karantin tugaguncha va mehnat bozori to‘liq tiklanguniga qadar patentni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning to‘lash muddatini kechiktirish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalalarini tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

    * * *

    11-aprel kuni o‘zbek adabiyoti katta yo‘qotishga uchradi. Mohir satirik yozuvchi, ajoyib shoir, bolalar va kattalar uchun birdek qadrli asarlar muallifi Anvar Obidjon dunyodan o‘tdi. Anvar Obidjonning, ayniqsa, bolalar adabiyotida o‘rni baland edi. Uning yumorga boy, yuksak falsafiy fikrlarni majozga burkab ifodalangan she’rlari, Meshpolvon, Alamazon kabi jasur va quvnoq qahramonlari, hayvonot olami vakillari tilidan so‘zlangan hikoyalari allaqachon o‘quvchilarning ma’naviy mulkiga aylangan. Safdosh ijodkorlarning eslashicha, shoir yetmish uch yoshida ham boladek samimiy va toza ko‘ngilligini saqlab qolgan edi.

    Anvar Obidjon.

    Anvar Obidjon.
    Foto: “Yoshlik” jurnali

    Matematik olim Erkinjon Karimov “Anvarobidjon.narod.ru” saytini tashkil etib, bir necha yildan beri Anvar Obidjonning she’r va hikoyalarini joylab bormoqda.

    * * *

    Davlat soliq qo‘mitasi e’lon qilgan yangi hujjat loyihasi koronavirusdan xavotirlangan fuqarolarni yanada xavotirga soldi. Agar ushbu hujjat kuchga kirsa, tijorat banklari tomonidan soliq organlariga bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvilentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P (kartadan kartaga) operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi kerak bo‘ladi.

    Bu qanday oqibatlarga olib keladi? Bu manfaatlarini himoya qila olmaydigan hamda ilgari surolmaydigan qatlam uchun katta zarba bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilchi Otabek Bakirov yozadi: “Nega 30 million? Nega o‘nta tranzaksiya? Demak, millionlab oddiy fuqarolarning bankdagi operatsiyalari lupa ostida tekshiriladi, hamma ‘pod kolpakom’ bo‘ladi, bank tizimidan yana pul qochadi. Yashirin iqtisodiyot ayrimlar istaganidek yana gullab-yashnaydi”.

    * * *

    So‘nggi vaqtda koronavirus taloto‘pida nazardan chetda qolayotgan xabarlardan biri Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik masalasi muhokamasidir. Avvalroq “Adolat” partiyasi YeOIIga a’zo bo‘lib, sanoatimiz 2 milliard dollar yo‘qotishidan ogohlantirgan bo‘lsa, 10-aprel kuni hukumat a’zolari YeOII bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha deputatlarning savollariga javob qaytardi.

    Foto: Parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Hamkorlik masalalari uzoq taraddudlar bilan kechayotganining o‘ziyoq YeOII bilan hamkorlikka ishtiyoqimiz katta emasligini ko‘rsatadi.

    * * *

    Koronavirus iqtisodiyotga, importga juda katta zarba berdi. Pandemiya natijasida oxirgi uch oyda mamlakatimizga kirib kelayotgan un hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 50 foizga, don 31 foizga kamaydi. Oziq-ovqat mo‘l-ko‘l bo‘lgan kunlar bizdan tobora uzoqlashmoqda. Qozog‘iston va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari eksportini vaqtincha cheklab qo‘ymoqda, deb yozadi Davletovuz kanali (turli ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekiston birgina Qozog‘istondan 500 ming tonna un, salkam 3 million tonna g‘alla import qilgan). Davlat oziq-ovqat taqchilligi yuzaga kelishining oldini olish uchun qishloq xo‘jaligiga e’tibor qaratmoqchi. Demak, tomorqa va fermerlar imkoniyatidan foydalaniladi. Tovuq va qoramol boqish, asalari va baliq parvarishlash yana kun tartibiga qaytadi. Bog‘dorchilik, g‘allachilik, poliz ekinlari yetishtirishga urg‘u beriladi. Zotan sinovli davrda insonni yer boqadi, tabiiy mahsulotlar yetishtirishga to‘g‘ri keladi.

    “Daryo” saytini uyda kuzatib boring. Nafaqat koronavirus mavzusidagi, balki boshqa xabarlardan ham eng birinchi xabardor bo‘ling. Karantin qoidalariga rioya qiling. Uyda qoling.

    13.04.2020, 08:18   Izoh (0)   129922
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lganlarni kamsitganlar 9 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi

    13.04.2020, 08:02

    Avtokredit olgan va karantin paytida uni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘zbekistonliklarga kredit ta’tillari haqida batafsil ma’lumot berildi

    13.04.2020, 07:31

    Nurmat Otabekov: “Koronavirusning odamdan hayvonga yoki uy hayvonidan odamga yuqishini tasdiqlaydigan ma’lumot yo‘q”

    13.04.2020, 06:12

    “Koronavirus bilan kasallangan fuqarolar uni qachon va kimdan yuqtirganini aniq bilmaydi”. Xayrulla Bozorov Namangan xalqiga murojaat yo‘lladi

    13.04.2020, 00:22

    Markaziy bank imkoniyati bor qarzdorlarni olingan kreditlarni vaqtida qaytarishga chaqirdi

    12.04.2020, 23:57

    Yunusobodda elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha sinov tariqasida o‘rnatilgan me’yorlar karantin sababli bekor qilindi

    12.04.2020, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:11

    O‘zbekistondan Afg‘onistonga sara urug‘lar yetkazib berildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:00

    Xitoyda dunyodagi birinchi sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi

    Dunyo | 12 may, 15:50

    Bolani osongina uxlatishga yordam beradigan 6 ta layfhak

    Ayollar sahifasi | 12 may, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.