Daryo

O‘zbekiston valyuta birjasida dollar kursi 9700 so‘mdan oshdi

Bu bir hafta avvalgi ko‘rsatkichdan 100 so‘mga qimmatdir

1 daqiqa o‘qish72 840 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston valyuta birjasidagi 8-aprel kungi savdolarda 1 AQSh dollari 38 so‘mga qimmatlashib, 9701 so‘mga yetdi.

Foto: “Daryo”

Bir hafta avval, 2-aprel kuni, birjada dollar kursi 9 600 so‘mdan oshgandi.

Ayni paytda O‘zbekiston banklarida xarid kursi 9680—9720 so‘m oraliqdadir (bankomatlarda 9400—9700 so‘m). Aksariyat banklarda 1 dollar 9750 so‘mdan sotilmoqda, bu — bir hafta avvalgidan 100 so‘mga qimmat.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 7-apreldan dollarning rasmiy kursini 9590,10 so‘m etib belgilagan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar