• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Uy yo‘q, hujjat yo‘q, huquq ham yo‘qoladimi?” Mehribonlik uylari bitiruvchilariga uy ajratish muammosi tizimli hal etilishi zarur

    Bola dunyoga kelar ekan, ota-onasi unga tarbiya beradi, boqib katta qiladi. O‘qitadi, uy-joyli qiladi. Lekin bu imkoniyat barchada ham mavjud emas. Mehribonlik uyida voyaga yetgan qora ko‘zlarning qalbidagi ota-ona mehriga tashnalik, ulg‘aygach boshpanasizlik, ishsizlik, chorasizlik bilan o‘rin almashadi. Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoyalash, uy-joy bilan ta’minlashni yaxshilash vazifasi ham belgilangan.

    Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili bilan hamkorlikda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash hamda ularni uy-joy bilan ta’minlash masalasida Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.

    Mehribonlik uyi bitiruvchilari, ya’ni ayni paytda boshpanasiz bo‘lgan fuqarolar ishtirokida Toshkent viloyat hokimi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov qabulida bo‘lindi.

    Mehribonlik uylari bitiruvchilari uy-joy ololmagach, achchiq taqdir qanday sinovlarga duchor qilganini ularning o‘zidan eshitsak.

    Alesiya Xalikova:

    — O‘rta Chirchiqdagi Mehribonlik uyida voyaga yetganman. 2003-yil Mehribonlik uyi hisobidan chiqarildim, o‘sha yerdan o‘z xohishimsiz turmushga uzatishdi. Shundan buyon davlatimizdan menga uy berishini so‘rab murojaat qilaman, ijara uyda yashab kelyapman. 3 farzandim bor. Kenjamni o‘zim bilan olib kelganman. Chunki uy egasi bilan birga yashaymiz. Bir xonani ijaraga olganman. Qolgan bolalarim erim bilan. Ofitsiant bo‘lib ishlayman, 600 ming oylik olaman. Shu tarzda yashab turishga majburman. Chirchiqdagi bir tanishimdan iltimos qilib, uning uyiga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tdim. Chunki ishlashim, bolalarimni boqishim kerak.

    Katta qizim bu yil maktabning 9 sinfini tamomlaydi. Pasport olishi kerak. Ammo hech qayerda ro‘yxatda turmagani sababli qizimga pasport ham ololmaymiz. Qizimning orzular ulkan, harbiy hamshira bo‘lishni xohlaydi. Uning orzulari xayolligicha qolishini o‘ylab xavotirdaman. Ota-ona taqdiri bolalariga soya solishini o‘ylamagan ekanman.

    2017-yildan buyon qizimga nima kerak bo‘lsa, o‘zimga aytishini so‘rayman. Oziq-ovqat mahsulotlari, xarajatlari uchun pul va boshqa kam-ko‘stini o‘zim qilaman. U otasining uyida faqatgina yotib turish uchun qoladi, uning hisobidan yashamaydi.

    Kichik qizim 3—4-marta maktabini almashtirishiga to‘g‘ri keldi. Bormagan joyim, taqillatmagan eshigim qolmadi. 17 yildan buyon shu qadar charchadimki, hatto umidim ham qolmadi. Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman Aliya Yunusova bilan gaplashganimdan keyin umid uyg‘ongandek bo‘ldi. Biroq shunda ham muammo hal bo‘lishiga ishonmay turibman. Sababi men bormagan biror bir tashkilot qolmadi. U kishi aytgan va murojaat qilayotgan hamma joyga men ham borganman.

    Bilasizmi, farzandlarimning otasi mendan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olib qo‘ygan. Uni berish uchun 1,5 million so‘m talab qildi. Uni 17 yildan beri tanir ekanman hech qayerda ishlamaydi. Doim ir gapni atkrorlaydi: “men 300 ming uchun davlatga ishlamayman”. Axir bolalarni boqish kerakku... Shuning uchun 9 yildan buyon birga yashamaymiz. Lekin rasman nikohimiz bekor qilinmagan. 3 yil oldin unga pul berishni to‘xtatdim. Pulni katta qizimga bera boshladim. Chunki otasi bergan pullarimni ichkilikka sarflaydi. Bolalarim esa och qoladi. Yaqinda erim meni alimentga berganini bildim. Hech kim bu haqda meni ogohlantirmagan. Vaholanki, sud qarori 2018-yilda chiqqan ekan. Shundan buyon 33 milliondan ortiq qarz yozilibdi. Ikki hafta oldin shuncha qarzim bor ekanini eshitib, aqlim shoshdi. Shunchasi kamdek, bu ham yana bir muammo. Oqqo‘rg‘onga bordim, sudya bilan gaplashdim. To‘lashga majbur ekanimni aytdi. Qanqasiga axir bir farzandim men bilan yashaydi?.. Otasi hech qachon biror joyda ishlamagan. Bolalarni boqish uchun o‘zim tirishib tirmashaman. Surishtirmasdan, masalaning mohiyatini bilmasdan, qanday qilib shuncha qarzni bo‘ynimga ilishganiga hayronman. Shundan so‘ng ushbu masalada chamasi bir haftalar oldin Prezident portaliga qo‘ng‘iroq qildim. Ular surishitib, javobini aytamiz, dedi.

    Aliya Yunusova aliment bilan bog‘liq muammoli masalada yordam beradigan bo‘ldi. Viloyat hokimligi tomonidan ayolga Ohangaron tumanidan uy ajratilishi haqida va’da berildi. Buning uchun zarur hujjatlar taqdim etiladigan bo‘ldi. Yana yangi va’dalar bilan uyiga yo‘l olgan ayolning yuz-ko‘zida mamnuniyat ko‘rinmadi. Aksincha, hadik va xavotir alomatlari bor edi.

    Anton Ivushkinning hech kimi yo‘q, ko‘zlari xiralashgan, 10 yildan buyon uy-joysiz kun kechirib keladi. Haq-huquqi uchun kurashib, idorama-idora yurgan yigit hanuz yaxshi kunlar kelishiga ishonadi. U ham Aliya Yunusovaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Anton 1992-yili Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Yangiyo‘l, Angren va Olmaliq shahridagi mehribonlik uylari va maktab-internatlarida o‘qib, 2010-yilda Bo‘stonliq tumanidagi kollejni tamomlagan. Shundan buyon hokimiyatga uy so‘rab murojaat qilib keladi. Bir necha hududda yashab, ulg‘aygan bolaga kim uy berishi kerakligi haqida savolga hali hamon javob topilmagan. Xo‘sh, Anton kabi bir joyda tug‘ilib, vaziyat taqazosiga ko‘ra boshqa bir joyda yashagan (albatta o‘z xohishiga ko‘ra emas) yetim bolalarga kim uy berishi kerak?

    Viloyat hokimiyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Antonning ham so‘zlariga quloq tutildi. Uning aytishicha, Olmaliq shahridagi eski umumiy turar joydan unga xonadon ajratilgan. Biroq to‘kilib tushayotgan uyda yashash umuman imkonsiz, hayot uchun xavfli. Na oynasi, na eshiklari bor. Elektr tarmog‘i uzilgan. Yashash uchun hech qanday sharoit yo‘q. Anton qayerda panoh topsa, o‘sha yerda kun kechirib yurganini bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, avvalroq unga ajratilgan xonadonda qandaydir bir oila yashagan ekan. Ularni chiqarib yuborib, Antonni joylashtiramiz deyishgan. Xonadon egalari esa Antondan order va boshqa hujjatlarni so‘ragan. Keyin u yana idorama-idora yurishga majbur bo‘lgan.

    Nikolay Piminov qo‘li gul usta. Qurilish kollejini tamomlagan. Vaqtinchalik qurilish ishlarida ishlab, kun kechiradi. Pasporti bor, lekin 5 yildan buyon hech qayerda ro‘yxatda turmaydi. Muqim ish o‘rni, yashashga boshpanasi ham yo‘q.

    — Ish beruvchilar qayerda yashashimni, qayerda ro‘yxatdan o‘tganimni so‘raydi, — deydi Nikolay. — Hech qayerda ro‘yxatdan o‘tmaganimni, yashash joyim tayin emasligini bilgach, o‘zlarini olib qochishadi. Bunday vaziyatda ish topishim ham juda qiyin. Hozir sinfdoshimning xolasinikida qolyapman. Bu ham vaqtinchalik. Murojaatlarim, berilgan va’dalarning barchasi amalga oshmay kelmoqda. Bir ukam bor edi, u bir necha yil oldin jinoyati sababli qamoqqa olingan. Ukamning taqdirini takrorlamaslik uchun qo‘limdan kelgancha mehnat qilaman. Lekin o‘z uying bo‘lmasa bari bekor ekan...

    Margarita Mixalyan 1989-yilda tug‘ilgan. Angren shahridagi 34-son maxsus maktab-internatida ta’lim-tarbiya olgan.

    — Mening asosiy muammoim hujjatlar bilan bog‘liq, deydi u. – Bolalar uyida tarbiyalanganman, lekin onam hayot. Uning uyi bor, rahmatli ukamdan qolgan. Lekin onam hali ham qizil pasport bilan yashaydi. Mana, farzandim 4 yoshga kirdi. Unga na tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololdim, na o‘zimni propiskaga qo‘ya oldim. Onam bilan birga G‘azalkentda turamiz. Uy hujjatlari uning nomiga rasmiylashtirilmagani sababli ro‘yxatga tura olmayapman. Shuning uchun onamning uyini rasmiylashtirishda yordam so‘rayman. Chunki propiskasiz ishga joylashish, shifoxonada ro‘yxatda turishning iloji yo‘q. Juda ham qiyin vaziyatdaman. Kimga murojaat qilishni bilmayman. Shu sababli tanishim bo‘lgan Anton Ivushkindan yordam so‘radim. U sizlarga murojaat qilishimni aytdi.

    Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bir-biriga mutlaqo begona. Biroq ularning dardi, tashvishi, muammosi bir xil. Hokimiyat tomonidan ularning barchasiga Ohangaron tumanidagi Mirobod massividan uy ajratiladigan, hujjat ishlari va bandlik masalasida ham yordam beriladigan bo‘ldi. Hokimiyat va’dasini bajara oladimi?..

    Umuman, Mehribonlik uylari bitiruvchilariga uy-joy ajratish bo‘yicha butun respublikamizda muammolar to‘planib qolgan. Buning asosiy sababi hukumatning tegishli me’yoriy hujjatida moliyaviy manba va resurslar asoslab, aniq ko‘rsatilmagan.

    Xalq demokratik partiyasi deputatlari ushbu masalani atroflicha o‘rgangan. Hududlardagi hokimiyat vakillari, boshqa mutasaddilar bilan fikr almashilganda, shunday xulosa yuzaga chiqqan. Bu dolzarb masala bilan bog‘liq takliflar partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasiga yetkazilgan.

    Parlamentdeputatlari hukumatning 2010-yil 2-avgustda qabul qilingan 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

    Zilola Ubaydullayeva, jurnalist.

    Reklama huquqi asosida.

    09.04.2020, 18:00   Izoh (0)   56529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    New Life Insurance sug‘urta kompaniyasi pandemiya vaqtida himoya qiladi

    09.04.2020, 15:00

    Karantin davrida kommunal xizmatlar va yetkazib berish uchun qanday to‘lov qilish mumkin?

    09.04.2020, 12:00

    Makro supermarketlari tarmog‘i onlayn-yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi!

    08.04.2020, 18:00

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 100 mln so‘m o‘tkazdi

    08.04.2020, 12:00

    O‘zbekistonda tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish sohasida VESTA electric kompaniyasidan yangilik

    08.04.2020, 09:00

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: O‘zbekiston energotizimining barqaror ishlashi barchamizga bog‘liq

    07.04.2020, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 21 may, 23:01

    Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

    Sport | 21 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.