Bugungi kundagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash yo‘lidagi umumiy birdamlik davrida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kam ta’minlangan oilalarga, boquvchisiz qariyalarga, nogiron va ishsiz shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori‑darmonlar, gigiyena vositalari xarid qilish uchun 100 million so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berdi.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi jamoasi tibbiyot muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar xodimlariga O‘zbekiston fuqarolari sog‘lig‘i va hayotini saqlab qolish maqsadida kurashda ko‘rsatayotgan fidoiylik, qat’iyat va yengilmas irodasi uchun chuqur hurmat, ehtirom va minnatdorchilik izhor etadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)