“Real” futbol klubi himoyachisi Serxio Ramos madridliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Marca’ning xabar qilishicha, “Real”da 32 yoshdan katta futbolchilar bilan bir yildan ortiq muddatga shartnoma imzolamaslik qoidasi bor. Jamoa sardori ham bundan mustasno emas. Ramos esa bir yildan uzoqroq muddatli kelishuv xohlamoqda. Bu holat tortishuvga sabab bo‘lishi mumkin.
Ramos 2005-yilning yozidan buyon “Real” safida to‘p surib keladi. Madridliklar uni 27 million yevro evaziga “Sevilya”dan sotib olgandi. Joriy mavsum 33 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 25 o‘yin o‘tkazdi va beshta gol urishga erishdi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)