“Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanich faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.
The Sun nashrining xabar qilishicha, turinliklar 29 yoshli bosniyalik futbolchini londonliklar yarim himoyachisi Jorjinyoga almashishga tayyor.
28 yoshli italiyalik futbolchiga A Seriya begona emas. U “Napoli” jamoasida “Yuventus”ning hozirgi ustozi Mauritsio Sarri qo‘l ostida to‘p surgan.
Joriy mavsum Pyanich “keksa sinyora” safida 32 o‘yin o‘tkazib, 3 gol va ikkita samarali uzatma amalga oshirdi. Jorjinyo esa 36 o‘yinda 6 gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)