Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Xitoy terma jamoasi va “Espanyol” klubi hujumchisi Vu Ley koronavirusga yo‘liqdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

28 yoshli futbolchi virusni Ispaniyada yuqtirib olgan. Ayni damda u Barselona shahrida karantinda saqlanmoqda.

Xabar qilinishicha, futbolchida to‘xtovsiz kasallik alomatlari kuzatilmoqda. U davolanish kursini o‘tamoqda. Xitoy futbol assotsiatsiyasi Vu Leyning holatidan xabardor va kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Vu Ley Yevropa kuchli beshlik ligalarida to‘p suruvchi yagona xitoylik futbolchi hisoblanadi. U koronavirus yuqtirib olgan birinchi xitoylik o‘yinchiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Nega umumiy tahlil uchun qon nomsiz barmoqdan olinadi?
Mahalliy
Moskvada o‘zbekistonlik muhojir politsiya hujjatlarini tekshirgani sabab vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 31-may uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi