“Barselona” yarim himoyachi Ivan Rakitichni joriy mavsum yakunida sotib yubormoqchi.
Goal’ning xabar qilishicha, xorvatiyalik futbolchi transferidan 20 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.
Hozirda Rakitich asosiy tarkib futbolchisi sanalmaydi. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi, shu sabab kataloniyaliklar klubi uni tezroq sotib yuborishni xohlamoqda.
Avvalroq 32 yoshli o‘yinchi “Sevilya”ga qaytish istagida ekani xabar qilingandi. Andalusiyaliklar klubi Rakitich transferi borasida “ko‘k-anorranglilar” bilan bog‘lanishga ulgurgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)