• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda shifoxona yo‘lidagi yoyma bozor ko‘chirildi. Ammo eski kiyim sotuvchilar uchun joy masalasi muammo bo‘lmoqda

    Buxoroda 7 ta viloyat aholisiga xizmat ko‘rsatadigan shifoxonaga olib boruvchi yo‘l ustidagi noqonuniy kiyim bozori ko‘chirildi. Ammo eski kiyim-kechak sotuvchilari uchun joy masalasi muammo bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur holatni o‘rgangan “Daryo” muxbiri Laylo Hayitovaning yozishicha, shu paytga qadar tez yordam mashinasi haydovchilari eski kiyim sotuvchilari yo‘lni egallab olgani bois katta yo‘l boshidan shifoxonagacha bo‘lgan 2-3 daqiqalik yo‘lga 15 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflashga majbur bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur shifoxonaga olib boruvchi yo‘l sotuvchilar tomonidan to‘sib qo‘yilganiga bir yildan oshgan. Haftaning payshanba va yakshanba kunlari mazkur yo‘lda eskifurushlar bozori “qaynaydi”. Bu holatga bir yildan buyon na ichki ishlar idorasi, na Buxoro shahar hokimligi e’tibor qaratgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bemorlarni ko‘rib, ehtiyoj ko‘payib borayotganini anglash qiyin emas. Olis masofani bosib, har safar bemor yaqinlarimni yo‘qlab kelaman. Ammo yo‘lning sotuvchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgani kirib-chiqishga noqulaylik tug‘diryapti”, — deydi qoraqalpog‘istonlik Ulbosin Erkinbayeva.

    Ta’kidlanishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shifoxona yo‘lidan sal narida “Karvon” savdo kompleksi mavjud bo‘lib, bozorning umumiy yer maydoni 9,48 gektarni tashkil etadi. 247 ta savdo do‘koni 527 ta savdo pavilyoni va 224 ta savdo rastasi mavjud bozorda 1000 ga yaqin sotuvchi faoliyat yuritadi.

    “Karvon” savdo kompleksi rahbari Shohrux Qodirovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, eski kiyim-kechak sotuvchilar uchun bozordan bir va uch gektarli ikkita alohida maydon ajratilgan. Shunga qaramasdan, sotuvchilar eski kiyimlarni aynan shifoxona yo‘li ustida sotuvga chiqaradi. Bozor ma’muriyati, ichki ishlar organlari, soliq inspeksiyasi vakillarining ogohlantirishiga qaramay, sa’y-harakatlar natijasiz qolavergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Nima qilaylik, biz shifoxona yo‘liga chiqib savdo qilishga majburmiz. Bozor hududidan eskifurushlar uchun ajratilgan maydonning ahvolini borib ko‘ring. ‘Bu yerda savdo qilma, tur, belgilangan joyda savdo qil’, deyish oson. Biz ham oilamizga ikki-uch so‘m olib kiraylik, deb shu joylarga kelib savdo qilyapmiz”, — deydi sotuvchilar.

    “Karvon” savdo kompleksi rahbari yordamchisi Aziz Ibodovga ko‘ra, avval eski kiyim sotuvchilar uchun Buxoro markaziy dehqon bozoridan 700 ta joy ajratilgan. Hozirgi kunda esa ularning soni 2000 nafardan oshib ketgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, bozor hududida sotuvchilar uchun ajratilgan ikki maydon ham achinarli ahvolda. Tosh va axlat uyumlariga to‘la. Balchiqning badbo‘y hidi dimog‘ni bo‘g‘adi. Shunga qaramasdan, sotuvchilar hatto bozor axlatxonasini ham egallab olgan. Eskifurushlar bozori antisanitar holatda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Aslida, bu sotuvchilar uchun bitta maydon ajratilgan, yetmagach esa noqonuniy tarzda ikkinchi maydonni ham ajratishga to‘g‘ri kelgan. Biroq eski kiyim-kechak sotuvchilaridan joy haqi olinmasligiga sabab bu ikki maydonni ta’mirlash uchun mablag‘ yo‘q”, — deydi Aziz Ibodov.

    Aniqlanishicha, 5-6 oydan buyon bozorga sanitariya inspeksiyasi vakillari kelmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro shahar sanitariya inspeksiyasi xodimi Subhon Jo‘rayevga ko‘ra, tashkilotning agentlik va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya epidemiologiya bosh inspeksiyasi sifatida ish boshlashi inspeksiya xodimidan barcha huquqlarni olgan. Shu sabab xodimning hech bir ishga aralashishiga yo‘l qo‘yilmayapti.

    “Organ va bozor ma’muriyatining mening ustimdan ‘protokol’ qilishga nima haqi bor? G‘ijduvon dehqon bozori yo‘lidan quvib solishgandan keyin shu yerga kelishga majburman. Sotuvimdagi mahsulotlardan davlatga ortiqcha ‘patent’ to‘lashni istamayman. O‘zi nogiron bo‘lsam, pul topish uchun fohishalik qilishim kerakmi endi? — deydi yakka tartibdagi tadbirkorlardan biri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Eski kiyim-kechak sotuvchilari uchun mo‘ljallangan bozor, aslida, Buxoro markaziy dehqon bozori hududida joylashgan bo‘lib, har bir sotuvchining ismi-sharifi ro‘yxatga olingan edi. Hozir sotuvchilar soni ikki barobarga oshdi. Shunga qaramasdan, shahar hokimligi, huquq-tartibot idoralari, soliq inspeksiyasi, bozor ma’muriyati hamkorligida eski kiyim sotuvchilar bozorini tartibga keltirish, ularni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga olib boruvchi qariyb 1 kilometr uzunlikdagi qatnov yo‘lidan ko‘chirish chora-tadbirlarini belgilaymiz. Savdo obyektlarida qattiq nazorat tartibi o‘rnatilib, sotuvchilarga ham xaridorlarga ham imkoniyat va qulay sharoitlar yaratiladi, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Maqsudov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jurnalist surishtiruvi jarayonida mas’ullarning tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga olib boruvchi qatnov yo‘li eskifurushlardan bo‘shatilib, nazorat tartibi o‘rnatildi. Hudud tozalanib, avtomashinalar qatnovidagi tirbandlik va noxush holatlarning oldi olindi. Ammo eski kiyim-kechak sotuvchilari uchun joy masalasi muammoligicha qolmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “‘Karvon’ savdo kompleksi hududidagi eski kiyim-kechak sotuvchilariga mo‘ljallangan maydon to‘liq ta’mirlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 27 fevralida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqatirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan ushbu masala bo‘yicha amaliy ishlar qilinadi. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali yo‘li ham ta’mirlanadi, — deydi Baxtiyor Maqsudov.

    14.03.2020, 14:50   Izoh (0)   31848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FVV: Toshkentdagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan

    14.03.2020, 14:36

    Uchtepadagi avtoservisda portlash yuz berdi. Jarohatlanganlar bor

    14.03.2020, 13:10

    Foto: Namanganda “elektr ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholining ommaviy norozilik namoyishi” bartaraf etilmoqda

    14.03.2020, 12:30

    Uzbekistan Airways koronavirus ta’siri O‘zbekiston aviatsiyasigacha yetib kelgani haqidagi xabarga izoh berdi

    14.03.2020, 12:11

    O‘zbekistonda internet orqali yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin

    14.03.2020, 11:32

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi

    14.03.2020, 11:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor jazolandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:40

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”ga transferidan “Paxtakor” qancha foyda ko‘radi?

    Sport | 23 iyul, 14:30

    Rossiya dronlarini sinovdan o‘tkazish uchun bolalardan foydalanmoqda — The Guardian

    Dunyo | 23 iyul, 14:20

    Smartfon zaryadkasi uzoq vaqtga yetishi uchun eng oddiy usullar

    Maslahatlar | 23 iyul, 14:11

    Click’ning 49 foiz aksiyasini Qozog‘istonning Halyk Bank’i 176,4 mln dollarga sotib oladi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:08

    Birgalikda 12 ta filmdagi rol: Gollivudning eng mashhur aktyorlar juftligi

    Shou-biznes | 23 iyul, 13:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.