O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ipoteka” krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni orqali aholining uy-joy bilan ta’minlash, maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar belgilab berildi.
Endilikda fuqarolarga yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladigan bo‘ldi:
- qishloq joylarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- shaharlarda — uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda 15 yil muddatga va dastlabki badali sotib olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Bank tomonidan taqdim etilayotgan ipoteka kreditlari shartlari quyidagicha:
— Kredit muddati — 15 yil.
— Foiz stavkasi — shahar joylaridagi xonadonlar uchun yillik 23%, qishloq joylaridagi xonadonlar uchun yillik 22%.
— Birlamchi to‘lov:
— qishloq joylarida — uy-joy qiymatidan 10% kam bo‘lmagan holda (uy-joyning hisoblangan tasdiqlangan qiymati doirasida);
— shaharlar uchun — uy-joy qiymatidan 20% kam bo‘lmagan holda (uy-joyning hisoblangan tasdiqlangan qiymati doirasida).
— Maksimal kredit qiymati: 255,2 million so‘m.
“Ipak yo‘li” bankidan olingan ipoteka krediti evaziga siz tez orada o‘z xonadoningizga egalik qilishingiz mumkin. Orzungizni “Ipak yo‘li” banki bilan amalga oshiring.
Ipoteka krediti bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni bu yerda o‘qing: https://ipakyulibank.uz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)