“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi kutilmoqda:
104-moddaning (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ikkinchi qismining “k” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “k” va “l” bandlar bilan almashtiriladi:
“k) bir guruh shaxslar tomonidan;
l) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa”;
105-modda (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) ikkinchi qismining “l” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan almashtiriladi:
“l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
m) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa”.
Izoh (0)