• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020-yilda o‘qotar qurollar uchun yangi turdagi patronlar ishlab chiqarish boshlanadi

    O‘zbekistondagi mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan “Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” davlat korxonasi (DK), “‘Vostok’ Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” davlat unitar korxonasi (DUK) kabi bir qator korxonalar o‘tgan yillar davomida og‘ir iqtisodiy ahvolga kelib qolgan edi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko‘ra, 2017-yil 20-noyabrda davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish hamda mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga mas’ul bo‘lgan davlat organi — O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tuzilgan.

    Qo‘mitaning asosiy vazifalari sifatida davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va bajarishni ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlarning mudofaa sanoati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalar hamda boshqa mulkni ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish, xalqaro harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa dolzarb vazifalar belgilandi.

    O‘tgan ikki yil mobaynida qo‘mita tomonidan mamlakat sanoatining harbiy maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishni ta’minlash va milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘, jangovar texnika, maxsus vositalar va ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli ishlar bajarib kelinmoqda.

    Jumladan, dunyoning 20 dan ortiq rivojlangan davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatildi, olti davlat bilan hukumatlararo komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 10 dan ortiq davlat bilan harbiy-texnik hamkorlik yo‘nalishida xalqaro bitim va kelishuvlar imzolandi. Tizimli ravishda zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalarni xarid qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Qurolli Kuchlarning harbiy maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va sifatli qondirish maqsadida 2018—2019-yillarda “KamAZ” avtomobili shassisida yuk va maxsus avtomobil texnikalarini, harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaloqa vositalari, nafas olish organlari himoya vositalari, oziq-ovqat payoklari va boshqa turdagi harbiy maqsadda foydalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir qancha tarmoqlararo loyihalar amalga oshirildi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Mudofaa vazirligi kuch va vositalarini jalb qilgan holda mavjud moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan qurol-aslahalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan “BM-21 Grad” rusumli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi yangi zamonaviy shassiga o‘rnatildi va bu tizim amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    “BTR-70” rusumli transporterga yangi zamonaviy dizel dvigateli, uzatish qutisi o‘rnatilib mobil imkoniyatlari oshirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib himoyasini oshirish maqsadida qo‘shimcha zirh va kumulyativ panjara bilan jihozlandi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    “T-64” rusumli tankning kuch bo‘limi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy, katta quvvatga ega dvigatel va transmissiya agregatlari qo‘yildi, raqamli aloqa vositalari bilan jihozlandi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    “Gaz-66” rusumli avtomobillarga Isuzu dvigatellari va uzatish qutilarini o‘rnatgan holda modernizatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, ularning harakatchanlik va mobil imkoniyatlarini oshirdi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Shuningdek, “KamAZ” avtomobillari shassida barcha sharoit va hududlarda qo‘shinlar boshqaruvini ta’minlay oladigan mobil qo‘mondonlik boshqaruv punkti, shuningdek, zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlangan, har qanday murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirishga qodir tibbiyot punkti yaratildi.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Bundan tashqari, “Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” DK rekonstruksiya qilinib, to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va texnologik jihatdan qayta jihozlandi. Buning natijasida korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish imkoni yaratildi. Jumladan, “Mi” rusumidagi vertolyotlarning ta’mirlanayotgan jihozlari nomenklaturasi ortdi, “Su-25” rusumli samolyotlarni ta’mirlash o‘zlashtirilmoqda.

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    Foto: Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi

    “Vostok” DUKda bugungi kunda o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarilmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2020-yilning birinchi yarmida yangi turdagi patronlar ishlab chiqaruvchi liniyaning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

    Harbiy kiyim-anjomlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi tuzilib, 2019-yilda dastlabki sex faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 2020-yil ikkinchi chorakda korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    2020-yilda O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘mita tasarrufidagi va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan harbiy maqsadda qo‘llanadigan mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

    Belgilangan pirovard natijalarga erishish hamda mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) ishlab chiqilmoqda.

    14.02.2020, 21:11   Izoh (0)   45193
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent xalqaro aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya qilinadi

    14.02.2020, 20:35

    Ahmadboy odamlarda unga nisbatan ishonch qanday paydo bo‘lganini so‘zlab berdi

    14.02.2020, 20:20

    Shavkat Mirziyoyev klasterlarni tashkil qilish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi

    14.02.2020, 20:04

    Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev: Mabodo koronavirus respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha tayyorgarligimiz bor

    14.02.2020, 19:34

    “Ba’zi voqealar sabab prokurorlarning kayfiyati sinib qoldi”. Svetlana Ortiqova tizimdagi poraxo‘rliklar haqida gapirdi

    14.02.2020, 19:19

    O‘zbekistonda dam olish kunlari shamol tezligi kuchayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    14.02.2020, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aholining uchdan bir qismi kamida bitta bank kreditiga ega

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:14

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Dunyo bo‘ylab har soatda yuz kishi yolg‘izlikdan vafot etmoqda — JSST

    Salomatlik | 3 iyul, 11:56

    “Manchester Siti” “Portu” darvozabonini sotib oladi

    Sport | 3 iyul, 11:55

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Saudiya Arabistoni Isroilga uchirilgan Eron dronlarini tutib olgan — OAV

    Dunyo | 3 iyul, 11:28

    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

    Reklama | 3 iyul, 10:30

    “O‘zgidromet” 4-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:15

    Zelenskiy AQSHdan qurol yetkazib berish cheklangach bayonot berdi

    Dunyo | 3 iyul, 11:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.