• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 10-fevralning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi axborotida mamlakatda yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 908 kishiga yetgani ma’lum qilindi. 9-fevral, yakshanba kuni, kasallik oqibatida 811 kishi vafot etgani haqida axborot berilgandi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 40 171 holat qayd etilgan — 35 982 kishi hozirda davolanishda, shundan 6 484 kishining ahvoli og‘ir, yana 3 281 kishiga shifoxonadan uyiga javob berilgan.

    Mavzuga doir: Foto: Xitoy shifokorlarining tibbiy niqobni yechganidan so‘ng ko‘rinishi

    Yaponiyada Yokogama portida karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 nafarga ko‘payib, 130 kishiga yetdi. Kemadagi tekshiruvlar 80 yoshli yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng boshlangandi. 3-fevral, dushanba kuni, 10 kishida virus aniqlangandi va shundan so‘ng kema 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.

    Jahondagi vaziyat qanaqa?

    Qirg‘izistondagi “Madaniyat” nazorat-o‘tkazish punktidagi chegarachilar maskalarni noqonuniy olib o‘tishga uringan o‘zbekistonlik yigitni qo‘lga oldi. Chegarachilar uning qo‘l yukini ko‘zdan kechirganda hujjatlari bo‘lmagan 300 dan ortiq tibbiy niqob borligini aniqlagan. Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston hukumati 3-fevraldan dori vositalari va tibbiy buyumlarni mamlakat hududidan olib chiqishga 6 oy muddatga vaqtinchalik taqiq qo‘ygandi.

    Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ketma-ket olti kundan buyon koronavirusni yuqtirib olganlar soni Xubey provinsiyasidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida qisqarib bormoqda.

    Skrinshot: “RIA Novosti”

    Skrinshot: “RIA Novosti”

    Koronavirus qurbonlari soni bir oy ichida 2012-yilgi Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS-CoV) oqibatida halok bo‘lganlar sonidan oshib ketdi. Bundan bir hafta oldin koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2002—2003-yillarda atipik pnevmoniyadan vafot etganlar sonidan oshib ketgan edi.

    Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklar tadqiqoti maktabi olimlarining fikricha, fevral oyining ikkinchi yarmida virusning tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqadi. “Vaziyat anchayin mavhumligi tufayli aniq sana yoki raqamni aytish qiyin. Lekin ma’lum axborotlar asosida Uxanda kasallik avjiga chiqqanida ushbu shaharning 5 foiz aholisi, ya’ni 500 ming nafar odam virusga chalinishi mumkin”, — deydi dastur mualliflaridan biri Adam Kuxarskiy.

    Foto: France 24

    Foto: France 24

    Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida H5N6 parranda grippi tarqalayotgani haqida xabar berilmoqda. Mamlakat qishloq xo‘jalik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, insonlarning parranda grippi bilan kasallanish holati hozircha qayd etilmagan. Parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan. Fermada 2497 ta parranda bo‘lgan, ulardan 1840 tasi grippni yuqtirgan hamda nobud bo‘lgan.

    Xitoyning Shanxay shahri rasmiylari barcha jamoat joylarida niqob taqib yurish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qildi. Jumladan, aeroport, metro, jamoat transporti bekatlari, shuningdek, maktablar, kasalxonalar, savdo markazlari va supermarketlarda faqat niqobda yurish mumkin.

    Xitoy Moliya vazirligi koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 10,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ sarflab yuborganini ma‘lum qildi. Idoraning ta’kidlashicha, hukumatning barcha darajasidagi moliyaviy institutlar kasallik tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun 71,8 milliard yuan ajratgan. Markaziy hukumat 17,3 milliard yuan (2,5 milliard dollar) sarflagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    AQSh va Xitoy aktyori Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga million yuan (143 ming dollar) mukofot berishini ma’lum qildi. “Men rivojlanishi kerak bo‘lgan ko‘chalarning huvillab qolishiga qarab tura olmayman. Hayotdan zavq olishi kerak bo‘lgan g‘amgin insonlarga ham qaray olmayman”, — dedi Jeki Chan.

    Foto: People

    Foto: People

    Xitoyning Vashingtondagi elchisi Suy Tyankay yangi turdagi koronavirus biologik qurollar ishlab chiqarish yo‘lida paydo bo‘lganligi haqidagi barcha farazlarni “mutlaqo ahmoqona” deb atadi. “Gumon, mish-mishlarni qo‘zg‘atish hamda ularni odamlar orasida tarqatish juda zararli va xavflidir. Birinchidan, bu vahima uyg‘otadi. Bundan tashqari, irqiy kamsitishlarga olib kelishi, birgalikda virusga qarshi kurash yo‘lida olib borayotgan hamkorligimizga putur yetkazishi mumkin”, — deydi diplomat. Elchining ta’kidlashicha, koronavirusning paydo bo‘lish sabablari hamon noma’lumligicha qolmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, virus hayvonlardan tarqalgan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi kurashda niqoblardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Tashkilot himoya vositalariga talab 100 baravar, uning narxi esa 20 baravar oshishini taxmin qilmoqda.

    Mavzuga doir: Foto: Xitoydagi koronavirus dahshati — shishib ketgan qo‘llar, infeksiyalangan ayoldan tug‘ilgan sog‘lom chaqaloq, niqoblar tanqisligi

    Shuningdek, Tedros Adanom Gebreyesus Twitter’dagi sahifasida yangi koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat mutaxassislar hozirgi kunda taxmin qilayotganidanda jiddiyroq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Xitoyda bo‘lmagan kishilar tomonidan virusning yangi turini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Bu holatlar yuqumli kasallik boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishi mumkinligidan dalolat beradi. “Qisqacha aytganda, biz aysbergning uchini ko‘rib turibmiz”, — deydi Gebreyesus.

    Kanadaning ustki kiyim va kurtkalar ishlab chiqaruvchi Canada Goose kompaniyasi aksiyalari qiymati oxirgi savdolar choragida 4,38 foizga tushib ketishi oqibatida kompaniya direktori Dani Reyssning mol-mulki 1,3 milliard dollardan 874 million dollargacha tushdi. Kompaniya Xitoyda avj olgan koronavirus xarid qobiliyati pasayashi, Xitoy, Shimoliy Amerika va Yevropadagi chakana do‘konlar zarar ko‘rishi, onlayn-sotuv hajmi qisqarishiga ta’sir ko‘rsatishini bildirgandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Ma’lum qilinishicha, 421 ta kompaniya shu yilning birinchi choragidagi daromadlari to‘g‘risidagi hisobotlarida Xitoyda tarqalgan koronavirus moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan. Bu kompaniyalarning 394 tasi AQShda joylashgan. Virusning biznesga salbiy ta’siri haqida KFC, Pizza Hut va Taco Bell kabi brendlar qarashli restoranlar, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH), Capri Holdings va Estee Lauder kabi kompaniyalar, Apple, Nike, Starbucks, McDonald’s kabi yirik kompaniyalar ham ma’lum qilgan.

    Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Roshino qishlog‘i aholisi Xitoydan kelayotgan odamlar uchun karantin markazi tashkil qilingan dam olish oromgohiga olib boradigan yo‘llarni yopib qo‘ydi. Ular ichida ikki nafar XXR fuqarosi bo‘lgan tez tibbiy yordam mashinasini markazga o‘tkazmagan. “Olti nafar xitoylik bu yerdan olib ketilmasa, biz sizlarni o‘tkazmaymiz! Shu yerda kunu tun navbatchilik qilamiz. Axir biz bu yerda yashaymiz!” — deya baqirgan qishloqda yashovchi fuqarolar.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Xitoydagi yirik aviakompaniyalar ommaviy ravishda xorijlik uchuvchilarni ishdan bo‘shatmoqda. Gap to‘lovsiz majburiy turib qolish va muddatidan oldin shartnomalarning bekor qilinishi haqida ketmoqda.

    AQSh Xitoy va koronavirus qayd etilgan boshqa mamlakatlarga kasallikka qarshi kurashish uchun 100 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi. “Amerika xususiy sektorlari tomonidan xayr-ehson qilingan yuz millionlab dollar AQSh rahbariyatining infeksiyaga qarshi kurashish yo‘lidagi majburiyatini namoyon etadi”, — deydi Pompeo.

    Foto: China Daily

    Foto: China Daily

    Xitoy yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV keltirib chiqaruvchi pnevmoniyani vaqtincha NCP deb nomladi. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida hozircha unga xalqaro nom berilmagan. “Yangi turdagi kasallikka vaqtincha ‘yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljam’ nomini berishga qaror qilindi. Uning ingliz tilidagi nomlanishi Novel Coronavirus Pneumonia bo‘lib, qisqartmasi NCP shaklida”, — deyiladi Xitoy sog‘liqni saqlash komissiyasi bayonotida.

    Foto: BigPicture

    Foto: BigPicture

    Xitoyning Uxan shahrida koronavirusga qarshi kurash davom etmoqda. Tibbiyot xodimlari tunu kun ishlamoqda. Tibbiyot xodimlarining ish vaqtidan keyingi ko‘rinishi aks etgan suratlar e’lon qilindi.

    10.02.2020, 21:07   Izoh (0)   159665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda YPX inspektorlariga 11 ta yangi avtomobil topshirildi

    10.02.2020, 20:37

    Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi

    10.02.2020, 20:23

    Qashqadaryoda na shaharga, na tumanga kiradigan “arosat-mahalla” bor. Yo‘llari loy, bolalari telefon yorug‘ida dars qiladi

    10.02.2020, 19:54

    O‘zbekistonda 2020-yili yosh oilalar uchun quriladigan uylarning boshlang‘ich badali davlat tomonidan to‘lab berilmasligi bildirildi

    10.02.2020, 19:39

    O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    10.02.2020, 18:24

    “Ilhom” teatridan “Toshkentning umumiy manzarasini buzib turgan” binoni bo‘shatish so‘raldi. Teatr uchun bu “o‘limga teng” iltimos

    10.02.2020, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.