Xitoyning Uxan shahrida yuzlab kishilar umriga zomin bo‘lgan koronavirusga qarshi kurash davom etmoqda. Tibbiyot hodimlari shaharlarda tun-u kun ishlamoqda. Ommaviy axborot vositalarida Uxandagi tibbiyot xodimlarining ish vaqtidan keyinggi ko‘rinishi aks etgan suratlar tarqaldi. Quyida BigPicture ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi.

Foto: BigPicture

Ularning yuzlarida nafaqat charchoq, balki soatlab va himoya niqoblarini kiyish oqibatidan paydo bo‘lgan izlar ham bor.

Foto: BigPicture

Foto: BigPicture

Shifokorlarning kun-u tun ish joylarida qolishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: BigPicture

Ularning ayrimlari hatto ovqatlanib olish uchun ham vaqt topolmaydi, dam olishni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.

Foto: BigPicture

Bemorlar kasallik yuqtirilmasligi uchun barcha shifokorlar himoya kiyimlarini kiyishlari shart.

Foto: BigPicture

Ularning yuzlarida niqobdan nafaqat izlar, balki yaralar ham qoladi.

Foto: BigPicture

Ko‘zlari osti ko‘karib qolganidan ularning qanchalik toliqqanini ko‘rish mumkin.

Foto: BigPicture

Faqat himoya kiyimlarigina ularni xavfli kasallikka chalinishdan asrab qolishi mumkin.

Foto: BigPicture

Dam olishga bir daqiqa bo‘lsa ham vaqt topilsa, xodimlar ish joyini o‘zidayoq mizg‘ib oladi.

Ular uchun stul, stol, kreslo va kushetkalar yoki shunchaki pol ham karavot o‘rnini o‘taydi.

Foto: BigPicture

Foto: BigPicture